Gretsiyada bepul yashash taklif qilinmoqda

Gretsiyada bepul yashash taklif qilinmoqda

Gretsiyada sayyohlarga g‘ayrioddiy imkoniyat taklif etilmoqda. Biroq bu taklifning muhim sharti bor, deb xabar bermoqda “Podroze.gazeta”.

Gap uysiz mushuklarni qutqarish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy tashkilotning ko‘ngillilar dasturi haqida ketmoqda. Bepul turar joy va nonushta evaziga jamoaga qo‘shilib, hayvonlarni parvarishlashda yordam berish lozim.

Ko‘ngillilar kuniga taxminan 5 soatdan, haftasiga 5 kun ishlaydi. Ularning vazifalariga mushuklarni oziqlantirish, hududni tozalash, adyollarni yuvish, yangi hayvonlar uchun joy hozirlash, shuningdek, asrab olinishga tayyorlanayotgan mushukchalarni parvarishlash kiradi. Ba’zan kasal hayvonlarga yordam berish yoki qiyin damlarda ularning yonida bo‘lishga to‘g‘ri keladi.

Ishtirokchilar tashkilot hududida 3-4 kishidan bo‘lib yashaydi. Har birining o‘z xonasi bor, lekin oshxona va umumiy dam olish joyi bitta. Shu bilan birga, orolga borish uchun yo‘lkira, tushlik va kechki ovqat xarajatlarini ko‘ngillilarning o‘zi to‘laydi.

Ishdan tashqari, ishtirokchilarning dam olish uchun ham yetarlicha vaqti bo‘ladi: ular orolni o‘rganishlari, dengizga borishlari yoki boshqa shaharlarga sayohat qilishlari mumkin. Xususan, orol poytaxti – Ermupolis neoklassik me’morchiligi va odatiy yunon kurortlaridan ko‘ra ko‘proq Italiya shaharchalarini eslatuvchi muhiti bilan mashhur.

Kommentlar: 33 komment. 33 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Vayyy zo‘r imkoniyat ekan Gretsiyada bepul yashash yana mushuklar bilan

  2. Lekin baribir oson emas 5 soat ishlash har kuni, hamma ham chiday olmaydi

  3. Mushuklarni yaxshi ko‘rganlar uchun ideal variant ❤️

  4. Yo‘lkira o‘zingdan bo‘lsa biroz minus, lekin baribir arziydi

  5. Men bo‘lsam borardim, dam olish + foydali ish birga

  6. Bunaqa loyihalar ko‘proq bo‘lishi kerak, hayvonlarga ham yordam

  7. Ketdim men rofl

  8. Zo‘r imkoniyat ekan bepul yashash yana Gretsiyada

  9. Mushuklarni parvarish qilish ham yomon emas

  10. Lekin yo‘lkira o‘zingdan bo‘lsa biroz minus

  11. Baribir adventure uchun arziydi

  12. Mushuklar bilan yashash orzuim ❤️

  13. Bunaqa joyga darrov borardim. Ish ham qiziqarli ko‘rinadi

  14. Eng muhimi foydali ish qilyapsan

  15. Bepul deyapti lekin aslida hammasi pulli

  16. Yo‘lkira, ovqat o‘zingdan — qanaqa bepul bu ‍♂️

  17. Ish ham ancha og‘ir ko‘rinadi. Oddiy PRga o‘xshab ketdi

  18. Juda chiroyli loyiha ekan

  19. Hayvonlarga yordam berish katta savob

  20. Dam olish bilan ishni birlashtirish zo‘r

  21. Menimcha bu juda foydali tajriba

  22. Instagram uchun zo‘r kontent chiqadi

  23. Mushuklar bilan foto, dengiz, Gretsiya

  24. Lekin real hayotda ishlash oson emas

  25. Baribir yoshlar uchun qiziq variant

  26. Juda mehrli loyiha ekan Mushuklarga yordam berish — respect

  27. Orol hayoti ham juda chiroyli bo‘lsa kerak

  28. Kimga nasib qilsa zo‘r tajriba bo‘ladi

  29. Borgim keldi meni

  30. Juda chiroyli joylar heart

  31. Men borardim

  32. Topshirganlar bormi?

  33. Chiroyli joylar ekan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social