Umrining so`ngi kunlaridan birida bir donishmand chol o`g`liga dedi: “Sevikli o`g`lim, bu hayotda seni uzoq va qiyin so`qmoqlar kutib turibdi. Men senga mana shu so`qmoqlardan o`tishga yordam beradigan bir maslahat bermoqchiman:
Har bir kishining hayotida o`ziga xos instrumenti bo`ladi. Agarda biz mana shu instrumentlarni to`g`ri ishlataolsakgina, hayotimizni yaxshi qurib olishimiz mumkin. Shundagina eng yaxshi instrument bo`lib xizmat qilishi mumkin. Misol uchun bolg`ani olaylik, u orqali biror bir narsani qurishimiz yoki uni bo`zishimiz mumkin. Finans – mana shunday instrumentlardan biridir.
Agar sen dono inson bo`ladigan bo`lsang, boshqalarning hayotiga qarab, finansdan to`g`ri foydalanish qanchalik muhim ekanligini anglashing mumkin.
Ahamiyat ber, inson oylik maoshini yoki stipendiyasini olishi bilanoq, hech o`ylanmasdan uni sarflashga tushadi. Savol tug`iladi “Nega?”
Faraz qil, senga bir oyga etadigan ichimlik suv berishdi. Shuni bilgan holda, har bir kun uchun qancha suv istemol qilishing mumkinligini to`g`ri taqsimlab olishing zarur bo`ladi. Sababi bunga sening umring bog`liq. Agar sen berilgan suvni muddatidan oldin ishlatib qo`ysang, qiyin axvolga tushasan.
Lekin nima uchun ko`pchilik insonlar hayotini yaxshi qurib olishlari uchun zarur bo`lgan vositalaridan biri “finans”ni shunday taqsimlamaydilar? Madomiki puling tugasa qiyin vaziyatga tushib qolishing tayin. Lekin bu bilan hayot to`xtab qoladi degani emas albatta. Bunday qiyin vaziyatga tushib qolishning oldini olish uchun pulni to`g`ri ishlata bilish zarur.
Bu oson bo`lmaydi. Boshida sen o`z injiqliklaringdan voz kechmog`ing zarur bo`ladi. Bu esa qandaydir chidab bo`lmas narsadek tuyuladi. Shu paytda o`zingni qo`lga olib, o`z xohishlaringa “yo`q” deb javob bera bilishni o`rganishing kerak. Shu orqali sen o`zingda qiyin vaziyatga tushmaslikni oldini oluvchi va javobgar kishiga aylanganligingni his qilasan.
Moliyaviy holating yaxshi bo`lsa bu orqali ham hayotinga tinchlik va tartib kirish mumkin. Chunki moliyaviy tanqislik har qanday doimiy stresslarni, jaxldorlikni, qarzga botishni, kamsitilishlarga, qo`rquv ostida yurishga, hattoki kreditlarga moyilik ostida yurishinga sababchi bo`ladi.
Sevikli o`g`lim, senga beradigan maslahatim shuki, har qanday holatda ham pulingni to`g`ri ishlatishni o`rgan. Shu orqali sen shunday insonga aylanasanki, toki ko`p narsaga ega bo`lmagan taqdiringda ham, hayotda ko`p narsaga ega kishiday yashashni o`rganasan. Bu hayotda diyonatli inson bo`lib etishishingda zarur bo`lgan barcha narsaga puling etadigan bo`ladi. Sen nafaqat boshqalarning yordamiga muxtoj bo`lishni to`xtatasan, balki muxtojlarga yordam berishing ham mumkin bo`ladi. Moliyaviy axvoling yaxshilanishi orqali do`stlaringa nisbatan bo`lgan munosabating yaxshilanadi.”
Donishmand maslahatidan to`g`ri qaror chiqarib, o`z hayotingizda ozgina bo`lsada burilish yasashga harakat qilib ko`ring. Balki boshida sizda hammasi ham risoladagidek bo`lmasligi mumkin. Lekin taslim bo`lmang!
Hayotingizda pul bilan bog`liq qanday pozitiv yoki negativ tajriba bilan bo`lisha olasiz?