Aziz erkaklar, o`g`illar, yigitlar o`g`il farzand ota-ona uchun ushalgan orzu, yurak butunligidir. Qolaversa jon kushandasi ham, mol kushandasi ham o`g`li bor uydan hayiqadi. O`g`il ko`rmadim deb, shirin ro`zg`oridan ajralib ketganlar bor. Bu armonlarini ichiga yutib, umr bo`yi yuraklari yig`lab yurganlar qancha. Ammo noqobil o`g`illarning dastidan pushaymon bilan o`tayotganlar, ular tufayli xonavayron bo`lgan taqdirlar qancha!
Nafsilambirini aytganda bugungi yigitlarimizdan ko`nglimiz andak to`lmaydi. O`g`li borlarning ko`nglida bir taskin bor – endi meni beminnat ko`madiganim bor, deydilar. Darvoqe, kishi keksayganda go`daksifat bo`lib, kimgadir suyanib qolarkan.
O`g`li yo`qlar esa o`zlarini go`yo etim qariganday his qilarkanlar. Bir qiz o`nta o`g`ilning muruvvatini ko`rsatsa ham, o`g`lim yo`q deb, ota-onaning ko`ngli sust ketaveradi… shunday gaplar yigitlarjon, sizning o`rningizni hech kim bosolmaydi.
Ota –ona uchun o`g`lidan ko`rilgan rohat haqiqiy rohat, qolgani esa minnatliday tuyulaveradi… O`nta bo`lsa o`rni boshqa , deydi xalq. Akalarim yoki ukalarim qarayapti deb g`ofil bo`lmang. Ular o`sha kelmagan bolasiga umidvor bo`laveradilar. O`n o`g`lon bir nonvoydan non olib keltirsa bilingki, ota-onangiz bu nonlardan o`n xil maza tuyib eydi.
Siz kuyov bo`lasiz. Bu ham hayotingizning yangi bir bosqichi bo`ladi. Elkangizga qo`yilgan bu yuk – ro`zg`ordir. Bu yuz or va yuz kor demakdir. Bir tomonga qarasangiz – sevikli juft. Bir tomonda esa sizni umrlarini uzib yasagan ota-onangiz, bir yoqda jigarbandlar. Siz uchun uy qurildi, pullar sarflandi. Ota-onangiz siz tufayli kelinli bo`ldilar.
Ular uchun siz shu bugundan katta bo`lib qoldingiz. Bu katta bo`lishingizni tug`ilgan kuningizdan to shu to`ygacha kutdilar. Ularning sizga atalgan duolarini kitob qilsa bo`ladi. Ul duolar ota-onangiz nazdida to`yni boshlaboq ijobat bo`ladiganga o`xshayveradi.. atrofdarilar sizni jiddiy kuzata boshlaydilar, har bir harakatingizni tarozuga soladilar.
Biroq siz hamisha ham ziyrak emassiz. “Ota-onamning kechagi bolasiman-da, ular mening hamma fe`limni ko`tarishadi”, deysiz. To`ygacha qanday bo`lsangiz, to`ydan keyin ham shunday tuta berasiz o`zingizni – darz ketish shundan boshlanadi.
Ota-ona uylanib “ulg`ayib” qolgan bolasidan kattalardan kutadigan vafoni kutadi. Salgina gapingiz og`ir botib, salgina ishingizdan ranjiydigan bo`lib qoladi. Buning ustiga sizdagi jami salbiy jihatlarni kelindan ko`ra boshlaydilar. Qarabsizki, begunoh kelin ham xunuk ko`rinadi.
Bu xikoyadan o`zingizga kerakli xulosa chiqarib olasiz degan umiddamiz. Bordiyu fikringzni bildirish istagida bo`lsangiz, bemalol komment qoldiring.
ha to’g’ri, juda to’g’ri yozilgan, lekin bunday vaziyat hammadayam bo’lavermaydi, ota ona va o’g’li o’rtasiga nizo tushishiga kelin ham sababkor bo’lishi mumkin va boshqada arzimagan sabablar ham bo’lishi mumkin, mana bu esa o’g’il bolaning engil xarakterga ega ekanligidan dalolatdir, agar o’g’il bola qanday vaziyat bo’lishidan qattiy nazar o’zini tuta bilsa, o’yliyman nafaqat ota onasi, balkim boshqa insonlar bilan ham munosabati juda iliq bo’ladi
juda yaxshi maqola,qizlarga xam foydali narsa bor bilish uchun )))
buydoq yigitlar uzoq yurmanglar uylaninglar, uylangandan keyin qiziq
“Ўн ўғлон бир нонвойдан нон олиб келтирса билингки, ота-онангиз бу нонлардан ўн хил маза туйиб ейди” – мана бу чиндан хам хакикат. Ман бунга узим гувохман
O’g’il bo’lsa, uyda baxt bo’lar.