O‘zbekiston hukumati 2017 yilgi paxta hosilini yig‘ib olishga voyaga yetmagan yoshlar hamda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari tashkilotlari va xodimlarini jalb etishni qat’iyan taqiqladi.
15 avgust kuni AQSH Senatning xalqaro munosabatlar bo‘yicha Qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinovning xabar berishicha, 8 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tegishli bayonnoma qarorini imzolagan.
Erkin Muhitdinov umummilliy axborot kampaniyasi sharofati bilan jamoatchilik endilikda taqiqlangan mehnat munosabatlari amaliyotlari to‘g‘risida yaxshiroq xabardor qilinmoqda.
Manba: gazeta.uz