Dushanba, 25-aprel kuni Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollar naqd pulga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Aprel oyi boshida Ilon Mask Twitter’ning eng yirik aksiyadoriga aylangan edi. Keyinchalik Twitter Maskka kompaniya boshqaruvida qatnashishni taklif qilgan va dunyodagi eng boy odam bu taklifni rad qilgan edi.
So‘z erkinligi — demokratiya shakllanishining asosi, Twitter esa raqamli shahar maydoni, bu yerda insoniyat kelajak hayoti uchun muhim masalalar muhokama qilinadi. Men Twitter’ni avval hechqachon bo‘lmagan eng zo‘r darajaga olib chiqmoqchiman. Twitter katta potensialga ega, uning yangi qirralarni ochish, foydalanuvchilar hamda kompaniya bilan hamkorligimiz boshlashni intiq bo‘lib kutyapman, — degan Mask.
Aprel oyi o‘rtalarida Twitter Maskni aksiyalar bilan bog‘liq firibgarlikda ayblab sudga bergan edi. Mask esa Twitter’ni sotib olish uchun 43 mlrd dollar naqd pul taklif qilgan edi.
21-aprel kuni esa Ilon Mask Twitter’ni sotib olish harakatlari doirasida AQSHda 3 ta xolding kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi.
Nazariy jihatdan, ushbu kompaniyalardan birida Maskning ulushi bo‘lgan barcha kompaniyalar, jumladan, Tesla, SpaceX va boshqalar kelajakda birlashtirilishi mumkin.
Yangilikdan so‘ng Twitter aksiyalari taxminan 6 foizga o‘sdi.
свобода слова буларкан дэ! нихоят!
twitter bizlarda ishlamaydiku
a iwlamasayam, vpn borku
Mask nima qiladi twitterni? Space xni ku4aytirursin
твиттерда свобода слова кимокчи, одамлага вип берип
Mask qigan lyuboy iw, po lyubomu zur 4iqadi
ofisalnami?
qa4ondan iwga kiriwadi?