Dasturchilar ilovaga sakkizta yangi selfi-filtrlarini qo’shishdi. Ular orasida quyon va koala quloqlari, rang-barang gulchambar va billur toj bor. Ulardan foydalanish uchun Instagramda kamerani ishga tushiring va ekranning pastki o’ng burchagidagi tugmani bosing. Filtrlar old va orqa kameralarda ishlaydi. Ularni nafaqat rasmlarga, balki videolarga ham qo’llash mumkin.
Tayyor rasmlarni to’g’ridan-to’g’ri xabarlar orqali yuborish mumkin va “History” bo’limiga qo’shishingiz ham mumkin. Bundan tashqari Instagramda yana boshqada ijodiy vositalar ishga tushdi. Endi Boomerang va “Hands-Free” tugmalari yonida “Rewind” tugmasi kiritildi. Uning yordamida siz yozib olgan videolaringiz teskari namoyish etiladi.
Stikerlar endi #hashtag sifatida ham qo’llanilishi mumkin. Ekranning yuqori o’ng burchagidagi belgini bosib, yangi hususiyatni tanlab uni qo’shib oling. Postlarni ko`rayotgan foydalanuvchilar shunga o’xshash hikoyalarni topishlari uchun stiker ustida bossalar kifoya.
Chizish vositalarida esa o’chirg’ich paydo bo’ldi. Siz chizgan narsalaringizni o’chirishingiz, fotoda alohida narsalarni belgilab, qolganini esa bo’yashingiz mumkin.
Yangi funktsiyalar Instagram 10.21 versiyasidan paydo bo’ladi, u yaqin kelajakda iOS va Android barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo’ladi.
Manba: lifehacker.ru