Jay-Z’dan Beyonsegacha: Dunyoning eng badavlat san’atkorlari

Jay-Z’dan Beyonsegacha: Dunyoning eng badavlat san’atkorlari

Hatto kalkulyator ham bu sanʼatkorlarning boyligini hisoblashga biroz qiynaladi. Ular bir necha yillardan buyon Forbes reytingida yuqori pog‘onalarni egallab kelmoqda va ularning kapitali yildan yilga o‘sib bormoqda.

Jay-Z — 2,5 milliard dollar

O‘zining reperlik faoliyatidagi mashhurligiga qaramay, Jay-Z ning boyligi aktivlar yordamida ham ko‘paymoqda. Xonanda yirik ko‘ngilochar kompaniyasi Roc Nation — musiqa, kino, televizion ko‘rsatuvlar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, qo‘shiqchi hashamatli Armand de Brignac brendiga ham egalik qiladi. Bu bilan birga, DUSSE spirtli ichimlik brendiga, Uber taksi xizmatiga, Tital striming platformasiga sarmoya kiritgan. Xonanda bilan biznesda sherikchilik qilishni butun dunyo orzu qiladi.

Rianna — 1,7 milliard dollar

O‘zini hech narsadan inkor emaslik uchun Barbados malikasi yangi qo‘shiqlar chiqarish, keng ko‘lamli gastrollar tashkil qilishi shart emas. Rianna o‘zining Fenty Beauty kosmetik brendidan va reklamalarga tushishdan katta daromad oladi.

2023-yilda xonanda o‘zining ijoddagi olti yillik tanaffusiga chek qo‘ydi va Super Bowlning yakunida chiqish qildi. Uning qo‘shig‘i 121 milliondan ortiq tomosha qilindi. Rianna 2024-yilda sanʼatga to‘liq qaytishni rejalashtirmoqda.

Teylor Svift — 1,1 milliard dollar

TIME versiyasi bo‘yicha yil odami, mukofotlar bo‘yicha mutlaq rekordchi — Teylor so‘nggi 12 oy ichida hammadan o‘zib ketdi. Xonandaning daromadi asosan dunyo bo‘ylab tashkil qilgan “Eras” tur gastrollari, striming xizmatlaridan olingan daromadlar hisobiga bo‘ldi. Mutaxassislarning fikricha, xonanda 2023-yilda 500 million dollarga yaqin daromad ishlab topgan.

Madonna — 850 million dollar

Musiqa, filmlar, tadbirkorlik — Madonna barcha loyihalaridan katta pul ishlaydi. Xonanda 2023-yilda o‘z ijodiy faoliyatining 40 yilligi munosabati bilan navbatdagi gastrol safarini tashkil qildi. U “Celebration” turini London shahridan boshladi. Tur 2024-yilning aprel oyida yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Dr. Dre — 800 million dollar

Bugungi kunda ko‘plab mashhur xip-xop yulduzlari prodyuserlik ishi bilan ham shug‘ullanadi. Dr. Dre ham bundan mustasno emas. Bundan tashqari bir nechta biznes loyihalari va o‘nlab reklama shartnomalari bor. Shuningdek, striming platformalaridan ham daromad kelib turadi.

Kanye Uest — 500 million dollar

Kanye uchun 2023-yil unchalik ham omadli kelmadi. Mutaxassislar bir vaqtlar uning boyligini 1,5 milliard dollarga baholagan edi. Lekin qator janjallar va axloqsizliklar sabab boyligining katta qismini yo‘qotgan. Hozirgi kunda Uest daromadining asosiy qismini Yeezy poyabzal va kiyim-kechak brendidan oladi. U ikki yil ichida hech qanday musiqa chiqarmadi. Balki yangi albom Kanyening holatini yaxshilashga yordam berar.

Beyonse — 550 million dollar

Beyonse ham 2023-yilda kapitalini sezilarli darajada oshirdi. Yetti yillik tanaffusdan keyin o‘zining birinchi “Renaissance” nomli konsert turini tashkil qildi. Konsertlar may oyida boshlanib, iyun oyiga kelib 90 milliondan ko‘proq daromad keltirdi. Shu bilan birga, xarajatlar ham yetarlicha katta bo‘ldi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Молодцы

  2. Nozimaxon

    Bular faqat konsert berib pul topishadimi?

  3. Тимур

    Ашула айланиши, бренд сотилиши ва шунга ухшаш нарсалада пул килишади

  4. Nozimaxon

    Raxmat smile

  5. Aziza

    Qizu

  6. Doston

    Barakalla, boy bo’lishsin

  7. Jamshid

    Qoyil

  8. Oybek aka

    Hamma ham bunday yuksak darajalarga yetishmaydi

  9. Diyor

    To’gri

  10. Aziza

    good heart

  11. Dildoraxon

    Qizu

  12. Tohir

    Beyonceda pul ko’proq deb o’yludim

  13. Tim

    Bular hamma pullarini baribir oshkor qilishmaydi, chunki katta nalog to’lashlari kerak bo’ladi

  14. Komila

    smile

  15. Qodir

    Yaxshi

  16. Kamilaxon

    heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social