Jonni Depp Ispaniyadagi bolalar kasalxonasiga kapitan Jek Chittak obrazida tashrif buyurdi

Jonni Depp Ispaniyadagi bolalar kasalxonasiga kapitan Jek Chittak obrazida tashrif buyurdi

Gollivud yulduzi Jonni Depp kapitan Jek Chittak qiyofasida kiyinib, San Sebastyandagi (Ispaniya) Donostiya universiteti kasalxonasida yosh bemorlar holidan xabar oldi. Bu haqda shifoxonaning X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

Aktyor bolalar onkologiyasi bo‘limidan tashqariga chiqmaguncha “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasida o‘ynagan obrazidan chiqmadi, deyiladi “El Diario Vasco” nashrida. Jek Chittakning tashrifi bolalarga hech bo‘lmaganda bir necha daqiqaga boshidan kechirayotgan qiyinchiliklarni unutishga yordam berdi, deya qo‘shimcha qildi gazeta.

Avval ham Depp mashhur qaroqchi qiyofasida Vankuver, Parij, London, shuningdek, AQSHning bir qancha shaharlaridagi shifoxonalarning bolalar bo‘limlariga tashrif buyurgan.

Aktyor Jonni Depp oxirgi marta 2017-yilda “Karib dengizi qaroqchilari: murdalar ertak aytmaydi” filmida ishtirok etdi. So‘ng aktrisa Margo Robbi bilan suratga olinishi rejalashtirilgan “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi spin-offi Disney tomonidan bekor qilindi. Chunki Gollivud aktyori rafiqasi Ember Hyord bilan bog‘liq mojarolar sabab karyerasida muammolarga duch keldi. Aktyorga aynan shu sababli yangi rollar taklif qilinmadi va ishtirok etgan loyihalaridan haydaldi. Depp sudda g‘alaba qozonganidan so‘ng, prodyuserlar va rejissyorlar yana u bilan hamkorlik qilishni so‘radi. Jumladan, Disney Jonniga yana Jek Chittak rolini taklif qildi, biroq u kutilmaganda buni rad etdi.

So‘nggi yillarda Jonni ko‘p vaqtini musiqa va tasviriy san’atga bag‘ishladi. 2019-yilda Hollywood Vampires rok guruhining albomini chiqardi. 2022-yilda u gitarachi Jeff Bek bilan disk yozdi. “18” deb nomlangan ushbu albomning ko‘plab kompozitsiyalarida Jonni Deppning o‘zi solist hisoblanadi. 2023-yilda aktyor “Janna Dyubarri” filmida qirol Lyudovik XV rolida suratga tushdi.

Avvalroq Jonni Depp jajji muxlisini davolab bo‘lmaydigan yurak kasalligiga qarshi kurashishda qo‘llab-quvvatladi va Jek Chittak qiyofasida kiyinib, ta’sirchan videomurojaati va telefon qo‘ng‘irog‘i bilan bemorni hayratda qoldirgan edi.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Haqiqiy qahramon

  2. Bunday insonlar ko’paysin

  3. Barakalla!

  4. Saytiyam qizigi qomadi, hech kim yo, hamma tashab ketti mani

  5. Тимур

    Бошкала катга йу бупкетишди? Тинчлими?

  6. Bilmiman, che to hamma kirmi quydi, xafaman sad

  7. Manimcha

    Juda zor inson

  8. Ajoyib inson

  9. Шахло

    Шундай одамлар дунени куткаришда

  10. Шахло

    Рахмат фазотвга

  11. Ajoyib inson

  12. Shoxrux

    heart barakalla

  13. Kapitan Jeck Sparaw

  14. Geroy

  15. Real Hero

  16. Assalom Alaykum hammaga qalaysizlar Azizam Goʻzalim qalaysiz yaxshimisiz hamma maqolalari qaradim nime hech kim yoʻq man ishlar bilan yuribman kirmayotkanimni sababini keyin aytaman Jasmin opa Mutahharo qayerda yurishibdi kimda nimaga gaplar qizlar qanisizlar

  17. Bu aktyor oʻynagan kinoni vapshe sevib tomosha qilaman zor kino

  18. Salom alaykum Gulim! Yaxshimisiz, bomisiz??? Mutahharo bitta maqolada yozdila, sizzi qidirib, Jasmina opa kirmi kettila sad Man bitta ozim shu yerdaman

  19. Ha Azizam borman Mutahharoga sababini yozgandim yozmay qoʻyishim mumkin deb sababini etadi oʻzi kelsa u qaysi maqola edi esizda yomi Azizam

  20. Ha Azizam endi man borman yonimda xafa boʻmang Asalim mani kiss faqat har kuni kirolmiman

  21. Hammasi yaxshimi? Nimalar bovotti hayotizda Gulim?

  22. O’lim soati haqidagi maqolada edi manimcha

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social