Butun dunyoda mashxur “Kichkintoy sayrga chiqdi” komediyasining premerasi 1994 yilda bo`lib o`tgan. Komediya suratga olinayotgan vaqtda bosh qahramon egizak Adam va Jeykob 9 oylik edi. Hozir o`sha Bu rolini ijro etgan aktyorlar 27 yoshda. Endi esa film tarixiga oid qiziqarli ma`lumotlar bilan tanishing.
Bolalarning onasi – Syuzan Uorton oddiygina uy bekasi edi va o`z vaqtini egizak farzandlarining tarbiyasiga bag`ishlagan.
Syuzan “Egizaklar onasi” guruhining a`zosi edi. 26 yil avval shu guruhga suratga olinajak “Kichkintoy sayrga chiqdi” komediyasining bosh qahramonini topish uchun rasmiy so`rov kelib tushgan.
Dastlab kichkintoy Buning roliga bolalar qidirilganida, ular kuniga 4 soatdan ko`p ishlay olmasligi va buning natijasida suratga olish ishlari uzoqqa cho`zilishi inobatga olingan.
Rejissor shuning uchun ham filmning premerasini kechiktirilishini xohlamagan va buning echimini topgan. U egizak bolalarning almashib rol ijro etishi vaqtni tejashini tushunib etgan va bosh qahramon uchun bir xil egizak bolalarni izlashga qaror qilgan.
Syuzan Uorton o`z omadini sinab ko`rishga qaror qilib, kastingga egizak chaqalog`ining fotosuratini yuboradi. Oradan bir hafta o`tgach, Adam va Jeykob Uorton kichik Buning roliga tasdiqlangani haqida xabar kelgan. O`sha vaqtda ular endigina 9 oylik edi. Ammo egizaklar o`z vazifasini muakammal darajada uddalagan, film esa nafaqat Amerikada, balki boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyatga erishgan.
Ko`plab rejissorlarning taklifiga qaramay, egizaklar boshqa filmlarda suratga tushmagan. Hozirda ular aktyor bo`lish nimaligi va unga qanday amal qilishni bilmaydi. Ularning onasi Syuzan farzandlari uchun mashhurlikdan uzoq bo`lgan oddiy hayotni tanlagan.
Aktyorlar Adam va Jeykob o`rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Delaver universitetiga o`qishga kirgan. Yigitlar bir-biriga o`xshash bo`lgani bilan, hayotga qarashi turlicha.
Adam Robert o`quvchilik paytidan beri moda olamiga qiziqib kelgan. U dizaynerlikda o`qib yurgan vatqidayoq ilk to`plamini taqdim etgan. Diplomga ega bo`lgach, o`z kasbida jiddiy faoliyat yurita boshlagan. Adam zamonaviy kiyimlar yaratadi, Evropa bo`ylab sayohat qiladi. U moddiy jihatdan ancha oyoqqa turib olgan. Ijtimoiy tarmoqlarni faol ravishda qo`llab-quvvatlovchi Adam hali oila qurmagan.
Jeykob Jozef esa ota kasbini tanlashga qaror qilgan. U bolaligidanoq mazali taom tayyorlashni va oshxonada tajriba qilishni yaxshi ko`radi. U ota-onasidan o`rnak olgan holda ular bilan maslahatlashib ish tutadi. Kelajakda Jeykob restoran biznesi bilan shug`ullanishni rejalashtirgan va o`z orzusini hanuzgcha o`zgartirmagan. Hozirda kichik Uorton kasalxonada oshpaz bo`lib ishlaydi.
Shuningdek, restoran boshqaruvini xotirjamlik bilan o`z zimmasiga olishi mumkinligini ham istisno qilmaydi. Bundan tashqari, Jeykob allaqachon novvoy bo`lib ishlab, o`ziga xos shirinliklar ishlab chiqargan. Kichik Uorton ham hali oila borasida o`ylab ko`rmagan.
Qoyil
Salom Diyorbek! Shu kinoni ko’rganmisiz?
eng yaxwi k6rgan filmlarimdan biri. bolaligimda mazza qilib k6rganman
I love these kino.Man bu kinoni yaqinda koʻrganidim.Adashmasam bu kino Amerikada olinga boʻlib,bu kino 1990-yillardagi Amerika kino sanoatining eng kassabop kinosi deb topilgan.Agar adashtirvormagan boʻsam.Bu kinoni nafaqat bolla, daje kottalayam mazza qilib tomosha qilsa kere.Toʻrimiiii
Salom Sumayya! Juda to’g’ra aytasiz. Hozir ham televizorda ko’rsatib qolishsa, darrov ko’raman
Juda komedik kino manga yoqadi zoʻr