Londonda ishlatishdan chiqib ketgan mashxur qizil telefon budkalarni, yashil rangga bo`yagan holda, ularni smartfonlar uchun atalgan zaryad qilish stantsiyalariga aylantirmoqchilar. Yangi shaklli va birinchi zaryad budkasi Tottenxem-Kort-Roud ko`chasida ishga tushirilgan.
Ushbu tizim “Solarfox” nomiga ega bo`lgan va u faqat budka tomida o`rnatilgan quyosh batareya orqali ishlashi mumkin. Bu bilan birga stantsiya faqatgina kunduz kunlari ishlashi mumkin.
Mazkur budkada smartfonni bepul zaryad qilsa bo`ladi, ammo zaryad jarayonida siz reklamani tomosha qilishingizga to`g`ri keladi. Budkani ichida bu uchun maxsus, badjahl foydalanuvchilardan himoyalangan videoekran joylashtirishdi. Ishlab chiqaruvchining so`zlariga ko`ra, bir kunda ushbu budkada yuzga yaqin smartfonlarni zaryad qilsa bo`ladi va o`rtacha bu bilan 1 soatda oltita inson foydalanishi mumkin.
Hammasi bo`lib Londonda sakkiz mingga yaqin ishlatilmayotgan telefon budkalari mavjud. Bir nechtasi allaqachon kutubxona va rasm galareyasi qilingan. Hozircha “Solarfox” loyiha bo`yicha ularning modernizatsiyasi qanchalik kerakliligi, foydalanuvchilar zaryad qilganda, kutish vaqtida mobil ilovalar va ijtimoiy loyhalarning reklamalarini ko`rishini xohlashadimi yoki yo`qligi noaniq.