Mark Zukerberg Facebook, Instagram va WhatsApp da revolutsion o’zgarishlar bo’lishini e’lon qildi

Mark Zukerberg Facebook, Instagram va WhatsApp da revolutsion o’zgarishlar bo’lishini e’lon qildi

Mark Zukerberg kelgusi bir necha yil ichida o’z ijtimoiy tarmoqlarida va nessenjerlarini jiddiy o’zgarishlar bo’lishini aytib o’tdi, lekin qanday o’zgarishlari bo’lish aniq emas.

Taklif etilgan jiddiy o’zgarishlar quyidagilardir: foydalanuvchilarni ommaviy yozishlarini kamaytirish, uning o’rniga bir-biri bilan yoki tanishlardan tashkil topgan kichik guruhlarga ajratadigan xususiy (shifrlangan) muloqotga e’tiborini qaratishdir.

Bundan tashqari, Mark Zukerberg endi “efemeral” muloqotni qo’llab-quvvatlaydi. Unda, agar foydalanuvchilar xohlasa, postlarining umrini chegaralashi mumkin, ular “abadiy” turmaydi.

Zukerbergning so’zlariga ko’ra, ushbu o’zgarishni qisman amalga oshirish orqali – Facebook, Instagram, WhatsApp va Facebook Messengerni birlashtirish mumkin. Eslatib o’tamiz, Facebookga tegishli bo’lgan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarining umumiy oylik auditoriyasi 2,7 milliard kishini tashkil qiladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social