Rossiyaning MTS uyali telefon opertori xabariga ko`ra, unga qarashli bo`lgan «O`zdunrobita» XK MChJ Toshkent shahar xo`jalik sudiga bankrot bo`lgani to`g`risida ariza bergan.
Bunga sabab, Toshkent shahar sudining 2012 yil 17 sentyabrda «O`zdunrobita» MChJning jinoyat ishlari bo`yicha chiqargan hukmi va sudning Apellyatsiya kengashi tomonidan 2012 yil 8 noyabrda belgilangan 600 mln. dollar miqdoridagi jarimani to`lashga qodir emasligi sabab bo`lgan.
MTS matbuot xizmati tarqatgan xabariga ko`ra, kuchga kirgan sud qaroriga muvofiq, hozirga qadar «O`zdunrobita» hisobida qolgan 150 mln. dollarga teng pul mablag`larining hammasi echib olingan, deb yozadi “Gazeta.uz”
«O`zdunrobita» O`zbekiston qonunchiligi doirasida o`z manfaatlarini himoya qilishda davom etadi. Bundan bir kun avval Rossiya tashqi ishlar vazirligida O`zbekiston elchisi bilan aynan “MTS-O`zbekiston” masalasida uchrashuv bo`lib o`tgan.
Dushanba kuni esa “O`zdunrobita” menejerlaridan biri kompaniya xodimlarini ishdan bo`shatish boshlangani haqida ma`lumot bergandi. Uning so`zlariga ko`ra jami 200dan ziyod xodimlarga ishdan bo`shash haqida ogohlantirish berilgan.
энди мтс ишламасаям керак! Ахволи чатоқку….
xa xa xa uxladi endi MTS! UCEL – 4ever!
блин, мтс учганига алока вуощем кимматлаб кетяпти, юсел билан билайн вобще узидан кетиб ковотти
MTS si tuxumi poloq chiqibdi, ucell buni bilib, beelinni ketidan yurishshi ma’qul ko’rdi, bu qogan o’zboshimcha operatorlani endi faqat uzmobile boblab dodini beraoladi
Perfektumga ulanila. Puli qimmatroqku zato aloqa doda. Tinniq svyaz.
xa mts ishlari chato buldi! lekin uje xamma urganib ketdi mts yoqligiga
umuman mtsmi, belaenmi eng yaxshisi damashni telefon. :))