Nike kompaniyasi bog`ichlari o`zi bog`lanadigan birinchi krossovkalarini taqdim etdi. Ushbu krossovka egalarini qanday imkoniyatlarga va qulayliklar kutmoqda?
justify;”>Ancha vaqtlardan buyon bog`ichlari o`zi bog`lanadigan krossovkalar ishlab chiqarish ustida ko`plab kompaniyalar ish olib borishmoqda. Bunday krossovkalarni yaratishga ularga “Kelajakga qaytish” fantastik fil`mi turtki bo`lgan, fil`mda bosh qahramon shunday krossovkalarni ishlatadi. Endi Nike kompaniyasi fil`m ishqibozlarini xursand qilib, bog`ichlari o`zi bog`lanadigan krossovkani ommaga taqdim qildi. Yangi krossovkalar HyperAdapt 1.0 nomiga ega bo`ldi. Keyinchalik ushbu mahsulot professional sportda ham qo`llanilishi mumkin.
HyperAdapt 1.0 krossovkalari boshqariladigan blokga, akkumulyator va datchiklarga ega. Bu kabi qo`shimchalarga qaramasdan oddiy foydalanuvchi uni tezda sozlashi mumkin: HyperAdapt 1.0 hayotni osnlashtirish uchun yaratilgan. Taglikga datchik o`rnatilgan, qachonki unga oyoq tegsa, tizim avtomat tarzda bog`ichlarni bog`lab qo`yadi. Yon tarafida ikkita tugmalar o`rantilgan, ular bog`lag`ichni boshqarish uchun kerak.
Manba: Naked Science