“O‘g‘limning vaznidan uyalmayman”: dunyodagi eng badavlat kuyov Anant Ambani qanday kasallikdan aziyat chekadi?

“O‘g‘limning vaznidan uyalmayman”: dunyodagi eng badavlat kuyov Anant Ambani qanday kasallikdan aziyat chekadi?

Mukesh Ambanining kichik o‘g‘li uchun tashkil etilgan va mart oyidan boshlab davom etgan hashamatli to‘y turli davlatlar OAVlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Besh oy davom etgan nikoh marosimiga butun dunyodan ko‘plab mashhurlar tashrif buyurdi. Milliarder farzandining to‘yi uchun hech narsani ayamadi.

Osiyodagi eng badavlat odamning o‘g‘li Anant Ambani va milliarderlarning qizi Radhika Merchantning nikoh marosimi haqida yangilik kanallaridan tortib media platformalarda ham xabar qilindi. To‘yga va to‘yoldi tadbirlariga Bill Geyts, Mark Sukerberg, Kim va Hloya Kardashyan, Nik Jonas, Rianna, Jastin Biber, Priyanka Chopra hamda Buyuk Britaniya sobiq bosh vazirlari Toni Bler va Boris Jonson kabi yuzlab mashhurlar tashrif buyurdi.

Ortiqcha vazn sababi

29 yoshli Anant Ambani Mumbaydagi xalqaro maktabda o‘rta-maxsus ta’limini olgach, Amerikadagi Braun universitetiga iqtisod yo‘nalishiga topshirdi. U bolaligidan surunkali astma kasalligi bilan kurashib keladi. Bir necha yillar davomida uning sog‘lig‘ini yaxshilash uchun eng yuqori dozadagi dorilar buyurilgan. Buning natijasida Anantning vazni oshib ketgan.

Anant ortiqcha vazndan qutulish uchun tez-tez sayohat qildi. Har doim qat’iy rejim va parhez tufayli 18 oy ichida taxminan 108 kilogramm yo‘qotdi. Mashaqqatli mehnati sabab uning vazni 208 kilogrammdan 100 kilogrammga tushdi. Ammo ma’lum vaqt o‘tgach, yana ortiqcha vazn to‘play boshladi. Milliarder har kuni muntazam ravishda yugurish, funksional va yuqori intensiv kardio mashg‘ulotlarni bajarib yurishi esa so‘nggi vaqtlarda natija bermay qo‘ydi.

2017-yilda uning onasi va Reliance Foundation raisi Nita Ambani mahalliy OAVga intervyu berdi va suhbat chog‘ida o‘g‘lining astma kasalligidan aziyat chekishi hamda steroid gormonlari bilan davolangani uchun semizlik kelib chiqqani haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, Nita Ambani farzandining semiz ko‘rinishidan uyalmasligi hamda Anant qayta normal holatiga qaytishi uchun doim yordam berishi haqida ham aytib o‘tdi.

Steroidlarning vaznga ta’siri

Manipal kasalxonasining pulmonologi, shifokor Piyush Goel tomonidan Times Now Digital nashriga bergan intervyusida kuchli astma va qabul qilingan steroidlar o‘rtasidagi bog‘liqlik borligini tasdiqladi. Anant bolaligidan astma bilan og‘rigani va uzoq yillar davomida steroidlarni iste’mol qilgani sababli u so‘nggi yetti yil ichida semirib ketgan.

Anant autistmi?

Dabdabali to‘y marosimi bo‘lib o‘tayotgan vaqtda milliarder o‘g‘li autizm sindromi bilan og‘rishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Ammo buni tasdiqlaydigan aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Anant Ambanining boyligi oshkor etilmasa-da, u dunyodagi eng boy oilalardan birining a’zosi. Ambanilar oilasining umumiy boyligi 100 milliard dollardan oshadi, bu asosan ularning Reliance Industries Limited (RIL) kompaniyasidan keladigan daromad orqalidir.

Anant Ambani oilaviy biznesning turli jabhalarida ishtirok etadi. U Reliance kompaniyasi bo‘limlaridan birining direktori lavozimida ishlaydi. Kompaniya asosan energetika va chakana savdo tarmoqlari bilan mashhur.  Shuningdek, Anant uysiz qolgan hayvonlar va imkoniyati cheklanganlarga yordam berishi bilan ham tanilgan, shuningdek, u bir nechta xayriya tashabbuslariga hissa qo‘shgan. U Vantara Reliance Industries va Reliance Foundation bilan hamkorlikda qutqaruv, tabiatni muhofaza qilish va reabilitatsiya markazini tashkil etgan.

Ambani doimo kasallik bilan kurashib kelgan. Hattoki uning otasi nikoh kechasida hayoti bir tekisda ketmayotgani, tikanlar ustida yashayotgani haqida so‘zladi. Bular haqida gapirayotganda, kamera uning yuzini kattalashtiradi. Mukesh Ambani yuzi chuqur qayg‘uga botgan, ko‘zlari yoshga to‘lgan holatda so‘zlaydi. Bu ko‘z yoshlar pul bilan barcha narsani sotib olib bo‘lmasligini yana bir bor isbotlaydi.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bechora, bitta to’y qilaman dib, faqat shu kishini gapirishadigan bo’lib qolishdi

  2. Tinch qo’yila bu bechorani

  3. Тимур

    Асосийси яхши инсон буса булди

  4. Тимур

    Бечорани пулини ва соглигини уйламела, яхши ишларига карела

  5. Juda to’g’ri etas Timur aka

  6. Psiholog qiz

    Voye azizani temur akasidan rofl qalesz aziza

  7. Rahmat, uziz4i? rofl Okamladeeee rofl

  8. Bechora, ancha qiynalgankan

  9. Sog’ salomat bo’sinla

  10. Sog’ emasligi ko’rinib turibti.

  11. Dilshod

    Bechorani tinch qo’yila

  12. Sardoba

    Bizni eslang.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social