«O’zbektelekom» bosh direktori Farhod Ro’ziyevning ta’kidlashicha, endilikda O’zbekistonlik internet foydalanuvchilari Skype, WhatsApp va Viber dan hech qanday muommolarsiz foydalanishlari mumkin. Shuningdek, mazkur messenjerlardagi uzilishlarni “eng og’riqli muommo” edi – deb ham aytib o’tdi.
“Bizning muhandislarimiz bir necha kun qattiq ishlashdi. Niyohat, ular Skype, Viber, WhatsApp va boshqa ovozli dasturlar bilan bog’liq muammolarni bartaraf qilishdi. Endi ular ishlamoqda – bemalol foydalanishingiz mumkin” – deb Farhod Ro’ziyev MITCROADMAP2018 konferensiyasida aytib o’tdi.
Bundan oldin, O’zbekistonda Skype taxminan 3-4 yildan beri yaxshi ishlamas edi va WhatsApp da uzilishlar kuzatilar edi.