Porsche o‘zining birinchi elektromobilini taqdim etdi

Porsche o‘zining birinchi elektromobilini taqdim etdi
Elektromobilning maksimal tezligi soatiga 260 km.

Germaniyaning Porsche kompaniyasi o‘zining birinchi elektromobilini — Taycan sport sedanni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya xabarida keltirilgan.

Bu Porsche’ning faqat elektr energiyasi bilan ishlaydigan birinchi avtomobilidir. Ekologik toza avtomobil taqdimoti bir vaqtning o‘zida uchta yirik avtomobil bozori — AQSh, Xitoy va Germaniyada bo’lib o’tdi.

“Bu haqiqiy Porsche. Biroq, bu bizning oldingi 70 yil ichida ishlab chiqqanlarimizdan farq qiladi. Porsche o‘zini barqaror kelajakka tayyorlamoqda”, — dedi kompaniyaning bosh direktori Oliver Blyume.

Dastlab kompaniya Taycan modelining qimmat versiyalari — narxi 185 ming $ni tashkil etadigan Turbo S ni va 150,9 ming $lik Turbo’ni taqdim etdi.

Bu modelning keyinchalik bozorga chiqadigan asosiy versiyasining narxi, Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra 100 ming $dan kamroqni tashkil etishi kerak.

Shuningdek, kelasi yil oxirida Grand Turismo sinfining versiyasini chiqarish rejalashtirilmoqda. Porsche an’anaviy elektr transport vositalaridan bir nechta “hashamatli” texnologik xususiyatlarda, masalan, batareyani ultra tez zaryadlash bilan farq qiladi.

Ikkala versiyaning maksimal tezligi soatiga 260 km. Turbo S’ning zapas yurish masofasi 412 km, Turbo’niki esa 450 km. Salon poli ostida joylashgan quvvat batareyalari hajmi 93,4 kVt soatni tashkil etadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social