Qanday qilib jamoasiz futbol o’ynash mumkin?

Qanday qilib jamoasiz futbol o’ynash mumkin?

Odatda futbol uchun 10-20 kishini to’plash kerak. Lekin bu o’yinlarda siz ikki kishi bo’lib yoki yolg’iz o’ynashingiz mumkin.

Panna

Bu ko’cha futboli hisoblanib, «birga bir» formatiga ega. O’yinning asosiy xususiyati shundan iboratki, kiritilgan gollarni hisobga olmaysiz, ammo raqibning oyoqlari orasida o’tgan to’plar sonini hisobga olish kerak. Siz kichik darvoza qo’yishingiz va gollarni hisoblashingiz mumkin, lekin oyoqlar orasida o’tkazish har doim ko’proq ball olib keladi.

Hedis

Bu futbol va stol tennisi aralashmasidir. Siz faqat boshingiz bilan o’ynashingiz mumkin. Mazkur sport Germaniyada tug’ilgan, shuningdek, hedis jahon chempionatini o’tkazish uchun yetarli mashxurlikga ham ega bo’ldi.

Tekbol

So’nggi paytlarda hedisga o’xshash yana bir o’yin paydo bo’ldi, Bu o’yin “Tekbol” deb nomlanadi. Bu o’yinda, Tekbord deb nomlangan maxsus stoldan foydalaniladi. U ping-pong stoliga juda o’xshaydi, ammo uning yuzasi to’p har qanday nuqtadan to’g’ri sakrashi uchun egilgan. Tekbolda katta futbolga mo’ljallangan top bilan o’ynaladi. Qo’llardan tashqari tananing barcha qismlarini ishlatishingiz mumkin.

Futvoley

Futvoley Braziliya plyajlarida paydo bo’lgan, chunki bir vaqtlar u yerda futbol taqiqlangan edi. Aslida, bu plyaj voleyboli hisoblanadi, faqat futbol to’pi bilan va qo’l ishlatmasdan o’ynaladi. Odatda, to’rtta futbolchi ikki jamoaga bo’linib, futvoley o’ynaydi. Ammo siz maydonni kichiklashtirib, ikkalangiz ham o’ynashingiz mumkin.

Futbolning erkin uslubi

Hech kim ko’chaga chiqishni istamayaptimi? Muammo emas. Agar to’p bor bo’lsa, siz yolg’iz o’ynashingiz mumkin. Siz bo’sh darvozaga berilgan zarbalardan tezda zerikib ketishingiz, lekin erkin uslub elementlarini qo’shsangiz, qiziqish darajasi keskin ortadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social