May—iyun sersuv, qip-qizil totli qulupnay pishib yetilgan vaqt. Uning qanchalik mazali ekanligini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Biz mutaxassislar va diyetologlar bilan birga uning boshqa foydali xususiyatlariga to‘xtalmoqchimiz, deb yozadi Marie Claire nashri.
Qulupnay xotirani yaxshilaydi
So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, qulupnay iste’mol qilish miyaning qarish jarayonini sekinlashtiradi, ya’ni uning funksional muddatini uzaytiradi, bu bizga uzoq vaqt davomida aql-idrok va kuchli xotirani saqlashga imkon beradi. Qizig‘i shuki, har kuni qulupnay iste’mol qilish qisqa muddatli xotirani yaxshilashini isbotlovchi tadqiqot ham mavjud. So‘nggi voqealarni eslab qolish qobiliyatining yomonlashishi Alsgeymer kasalligining boshlanishi bilan bog‘liqligini hisobga olganda juda muhimdir.
Qulupnay ko‘rish qobiliyatini oshiradi
Qulupnay nafaqat xotira, balki ko‘rish qobiliyati uchun ham foydalidir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, qulupnayni har kuni iste’mol qilish ko‘z pardasi kasalliklari, katarakta, ko‘zlarning quruqlashishi, progressiv ko‘rlik va boshqa muammolarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Rezavorlarning noyob biokimyoviy tarkibi nafaqat ko‘rishning buzilishiga olib keladigan ko‘plab kasalliklarning paydo bo‘lishining oldini oladi, balki mavjud kasalliklarni ham progressiv davolashga yordam beradi.
Qulupnay antioksidantlarga boy
Antioksidantlar organizmni erta qarishdan va jiddiy kasalliklardan himoya qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, qulupnay tarkibida ko‘p miqdorda fenolik birikmalar — antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan bioflavonoidlar mavjud. Qulupnayni har kuni iste’mol qilish organizmning turli tashqi zararli ta’siriga qarshi turish qobiliyatini oshirishi isbotlangan. Bitta muhim nyuans — mevaning rangi qanchalik to‘q qizil bo‘lsa, shunchalik antioksidantlarga boydir.
Qulupnay ellagik kislota manbayi hisoblanadi
Ellagik kislota — hujayra siklining regulyatori bo‘lib, u ko‘pincha meva, yong‘oq va rezavorlar ekstraktlarida uchraydi. Ushbu modda saraton hujayralari mutatsiyasini to‘xtata olgani tufayli ancha mashhur. Ellagik kislota miqdori bo‘yicha barcha mahsulotlar orasida qulupnay uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, bu modda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, immunitetni mustahkamlaydi.
Qulupnayda C vitamini miqdori ko‘p
C vitamini yoki askorbin kislotaning asosiy manbalari limon va apelsin ekanligi ma’lum. Ayni paytda qulupnay ham bu moddaga boy mevadir. Bir hovuch qulupnayda bitta apelsindan ko‘ra ko‘proq C vitamini mavjud. Shuni yodda tutish kerakki, faqat issiqxonada emas, balki quyosh nuri ostida o‘stirilgan, yetilib pishgan qulupnayda shunday tarkib bo‘ladi. Eng qizig‘i, bu vitamin muzlatilgan qulupnayda yangi uzilganida bo‘lgani kabi deyarli bir xil miqdorda saqlanib qoladi. Ammo murabbo va konservalangan qulupnayda yuqori harorat sabab vitamin yo‘qoladi.
Qulupnay saraton kasalligining oldini oladi
Bugungi kunda saraton va uning oldini olish usullarini o‘rganish uchun har yili yuzlab tadqiqotlar olib boriladi. Ulardan ba’zilari ma’lum oziq-ovqatlarni muntazam iste’mol qilish saraton rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam berishini ko‘rsatadi. Bu ro‘yxatga qulupnay mevasi kiritilgan. C vitamini, ellagik kislota, antosiyanin, kaempferol va boshqa foydali moddalarning yuqori konsentratsiyasi tufayli ushbu “berry” saratonning ayrim shakllarini rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qulupnayning bu xususiyatini tasdiqlovchi so‘nggi tadqiqotlar orasida Ogayo universiteti saraton tadqiqot markazining xulosasi bor.
Qulupnay qomatga ijobiy ta’sir qiladi
Birinchidan, shirin qulupnay past kaloriyali hisoblanadi. 100 grammda atigi 33 kilokaloriya bor. Ikkinchidan, u past glisemik indeksga ega, ya’ni u yog‘larning organizmda to‘planib qolishini oldini oladi. Uchinchidan, uning tarkibida yog‘ni erituvchi moddalar mavjud. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, tanlangan diyetaning samaradorligi unga kunlik qulupnay iste’molini kiritganlarda 24 foizga oshadi. Qulupnay tarkibida ko‘p bo‘lgan antosiyanin bu vazifani bajaradi.
Qulupnay qonda qand miqdorini normallashtiradi
Qulupnay qandli diabetga chalinganlar yeyishi mumkin bo‘lgan shirin mevalardan biridir. Har tomonlama noyob tarkibi, shuningdek, yuqori darajadagi fitonutrientlar tufayli u qondagi qand miqdorining keskin oshishiga hissa qo‘shmaydi. Bundan tashqari, uning so‘rilishini sekinlashtiradi. Shu sababli diabet rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar uchun ham tavsiya etiladi.
Qulupnay yurakka foyda
Ushbu mevaning ko‘plab yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lish va rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan. Yuqorida bayon etilganidek, qulupnay turli xil vitaminlar va antioksidantlarga boy. Pishgan rezavorlarda magniy va kaliy ham uchraydi. Ikkalasi qon bosimini normallashtirishda, shuningdek, suyuqlikning turg‘unligidan hosil bo‘ladigan shishning oldini oladi.
Allergiyaga moyil insonlarga qulupnay tavsiya etiladi
Ajablanarlisi shuki, bunday bahsli meva har xil turdagi allergiya bilan og‘rigan odamlar uchun tavsiya etilganidir. Yillar mobaynida shu kabi muammolarga duch kelganlar yetilib pishgan, xushbo‘y, xushta’m mevadan uzoqroq turishi kerakmi? Yo‘q, noyob biokimyoviy tarkibi tufayli qulupnay yallig‘lanishni va allergiya bilan bog‘liq ayrim biokimyoviy reaksiyalarni bostiradi.
Bundan tashqari, qulupnay bo‘lg‘usi onalarga ham tavsiya etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar ayol homiladorlik paytida qulupnay iste’mol qilsa, bolada qulupnayga nisbatan allergiya rivojlanish xavfi minimal bo‘ladi.
Клубникани йимидиганла узи боми, бахор кеганини белгисику
Уже еп курдим, ширин ширин чиквотти
qulupnay
Timur aka bitta uzatvorin
Келин, уйда куп
Hop
Juda foydali ekan, bilmagan ekanman
Lekin pochkasida tosh bor, yoki toshga yaqin bo’lganlarga ko’p yeyib bo’lmaydi
Qulupnayni yaxshi ko’raman
Bahor kelganini qulupnay chiqishidan bilamiz
Klass
Qulupnay
Rahmat.
Buni o’qib, qulupnay yegim kelib ketdi
Varenya yopamizni
Ofarin
Assalom Alaykum Hammaga qalaysizlar yaxshimisizlar Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz Xayrli tong boʻla qolsin Qulupnayni sevamantaaa
Soat 1:19da yozayapman kuni bilan kirolmadim
Siz mani tawab kettiz dib uyladim
Yogʻe Azizam sizi qanday tashab ketaman shunchaki ishlarim sabab kirolmayapmande oʻshanu uchun xafa boʻlish yoʻq hopmi yagonam
Salom alaykum, sizdan he4 qa4on xafa bumiman Nimalar qivossiz?
Assalom Alaykum Azizam Rahmat goʻzalim oʻzimi ha menda shu uy ishi hayvonlarga qarash undan tashqari uy remonti ustalar bor ularga ovqat pishirish deganday
Salom alaykum, oo remont yana bowlandimi?? Juda yaxwi, yaxwi ustalami?
Ha yaxshi ustalar remont tugadi bitdi ertaga oyna eshiklarni yuvib artib tozaliyman
Remont yoqdimi uzizga?
Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun ha judayam yoqdi chiroyli chiqdi
4ar4ab ketmadizmi dugonajonim? Tuyla qa4on endi?
Yoʻq rahmat goʻzalim charchadim borizga shukr oʻzimi yagonam ha toʻyni bilmadim Allah nasib qilsa kuzga deyishyapti faqat kichik akamga qiz topmayapmiz
Salom alaykum Nimaga? Qizni uzi qidirmidimi?
Assalom Alaykum oʻzi ham topgan lekin onasi rozimasga oʻxshayapti akamni gapidan oʻsha qizni ham koʻngli bor chunki juda uzoqda ekanda qiz oʻzi biram chiroylik ekan qizni
Qiz qatda turadi? Qiwlogiladami?
Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun
Salom alaykum! Rahmat, uziz yaxwimisiz?
Assalom Alaykum Hammaga qalaysizlar yaxshimisizlar Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun ha men ham yaxshiman rahmat Allahga shukr
Ajoyib