Bir qasrda shafqatsiz qirol yashagan ekan va u hech kimni o’z qasriga kiritmas edi. Qasr atrofida daryo va uning ustida ko’prik bo’lgan. Ushbu ko’prikda qurollangan soqchi turar edi va kim qasrga yaqinlashsa u doim ularga bir savol berishi kerak edi ya’ni “Nima uchun kelyapsan?”.
Agarda sayohatchi yolg’on gapirgan bo’lsa, soqchi uni ushlab dorga osishi kerak edi. Agarda sayohatchi haqiqatni aytsa, shunda ham unga qutqaruv yo’q edi. Soqchi haqiqat uchun ham uni daryoda cho’ktirishi kerak edi. Qasr egasining shunday shafqatsiz qonunlar bor edi va kimda kim qasrga yaqinlashsa hayotdan maxrum etilar edi.
Ammo, bir kuni ko’prik oldiga bir mard inson keldi va u juda mantiqiy o’ylash qobiliyatiga ega bo’lgan.
“Nima uchun kelyapsan?” – deb uni soqchi to’xtatdi. Biroq sayohatchi shafqatsiz qonunlarni bilib turib shunday javob berdiki, toki o’z qirolining qonunlariga sodiq bo’lgan soqchi o’zini yo’qotdi va birinchi marta sayohatchini qo’yib yuborishga majbur bo’ldi.
Sayohatchining javobi nimadan iborat edi?
Sayohatchi shunday javob bergan: “Men bu yerga dorda osilish uchun keldim!”
Shunday javob soqchini hayratga soldi. Uni dorda osib qo’yish? Lekin unda sayohatchi haqiqatni so’zlagan bo’ladi, haqiqat uchun esa uni daryoda cho’ktirish kerak! Demak, cho’ktirish? Ammo shunday qilinsa sayohatchi yo’lg’on gapirgan bo’ladi, yo’lg’on uchun esa uni osib qo’yish kerak! Shuning uchun soqchi nima qilishini bilmay qoladi va uni qo’yib yuboradi!
Kallasi zo’r ishlabdi-ku! Qoyil a!
qatta qachon bugan ekan bu voqia???