Xonanda va aktrisa Selena Gomes tez-tez heyterlar tomonidan turli salbiy fikrlarga duch keladi. Jumladan, uning tashqi ko‘rinishi va ortiqcha vazni tufayli ko‘plab Internet foydalanuvchilari 32 yoshli yulduzni muntazam tanqid qiladi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Uzoq muddat davomida gormonli muolajalar bilan davolanish Selenaning qomatiga ta’sir etmay qolmagan. Keskin vazn to‘plaganiga paparatssichilar turli rakursdan olingan suratlarni sariq matbuotda e’lon qilmagunicha unchalik e’tibor berilmagan. Suratlarni ko‘rgan muxlislar kumirini o‘zini tashlab qo‘yganlikda ayblagan.
Selena Gomes joriy yil oktyabr oyida Los Anjelesda bo‘lib o‘tgan “Emiliya Peres” filmining konferensiyasiga tashrif buyurgach, TikTok foydalanuvchilaridan biri xonandaning tashqi ko‘rinishidan norozi bo‘lgan videoni tarmoqqa joyladi. Boshqa foydalanuvchilar ham munozaraga qo‘shildi va ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan yulduzni qoralay boshladi.
Lekin Selena ham jim qarab turmadi — u izohlarga kirib, buning sababini tushuntirdi:
“Menda ortiqcha bakterial o‘sish sindromi tashxisi qo‘yilgan. Vaqti-vaqti bilan kasallik yomonlashib boradi. Ozg‘in ko‘rinishda bo‘lmasam ham, mayli, menga baribir. Tanam go‘zal bo‘lishi shart emas. Vassalom! Yo‘q, men qurbon emasman, shunchaki oddiy odamman”, deya Gomes salbiy izohlarga javob berdi.
Gomes yozgan sindrom belgilariga qorin dam bo‘lishi, oshqozon og‘rishi va ovqat hazm qilish tizimida muammolar kiradi.
Bechora
Juda zor qoshiqlari bor, manga juda yoqadi
Sog’lom bo’lsin
Eh…
O’zi juda ko’p kasallari bor ekan, o’qigan edim
Sog’ salomat bo’sin
Bilmagan ekanman
Bechora
Juda chiroyli lekin shu qiz
Bechora