Shvetsariyaning Swiss Alpin Air kompaniyasi Alp tog’ havosini silindrlarga solib sotishni boshladi. Kompaniya veb-saytida bitta, uchta yoki 12 dona shisha sotib olish imkoniyati taklif etiladi, ularning har birida yetti litr havo to’plangan bo’lib, taxminan 120 nafar nafas olish uchun yetarlidir.
Silindrlar alohida maska bilan jihozlangan va uning narxi 47 dollarni tashkil etadi.
Tadbirkorlar hozirda ushbu biznesga sarmoya kiritmoqchi bo’lgan odamlarni qidirmoqda. Potentsial investorlar uchun sayt asosiy xaridorlar, eng iflos atmosferaga ega bo’lgan davlatlardan biri sifatida Xitoyning aholisi bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
1929-yil Sovet yozuvchisi Aleksandr Belyaev “Havo sotuvchisi” romanini nashr etgan edi. U yerda, Bailey ismli ishbilarmon Yakutiyadagi maxfiy zavodda atmosfera havosini yig’ishni boshlaydi va dunyo qiyinchiliklarga duch kelganda, u kislorodni tovarga aylantiradi.
Bugungi zamonaviy dunyoda havo sotilishi ham boshlansa, kelajakda bizni nimalar kutib turganini hatto ta’ssavur qilish ham qiyin.
Manba: Rambler