Tarvuz – yozning eng muhim ramzi hisoblanadi. Shuning uchun mazali va shirin tarvuzni tanlash ham qiyin bo’ladi. Qanday qilib boshqa tarvuzlar orasida eng mazalisini topish mumkin?
- Sariq dog’
Bu pishgan tarvuzlarning asosiy omillaridan biridir. Dog’ qanchalik sariq bo’lsa, shu tarvuz eng shirin va mazzali bo’ladi.
2. Jins alomati
Hamma ham buni bilmaydi, ammo tarvuzlarni jins alomati bo’yicha topsa bo’lar ekan. “Bolalar” – kattaroq va cho’zilgan bo’ladi, “qizlar” – kichkinaroq va ozgina yassilangan bo’ladi. “Qizlar” – shirinroq bo’ladi.
3. Chertib ko’rish
Agarga tarvuzni sekin chertib ko’rsangiz, o’shanda pishgan meva jarangli ovoz chiqaradi. Hamda tarvuzni ikkita tarafdan siqsa bo’ladi. Agarda u ozgina chirsillasa demak uni ist’emol qilish mumkin.
4. Dum
Sariq qurigan dum – pishgan meva alomatidir. Yashil dumlisi esa aksincha, tarvuz vaqtli sug’irib olinganini bildiradi.
5. Hid
Tarvuz hushboy yangi hidni tarqatishi kerak. Agarda unda hid bo’lmasa, shunaqa tarvuz ko’pincha oddiy yo’l bilan o’stirilmagan.
Siz esa tarvuz tanlashda yana qanday omillarni bilasiz? Albatta pastda izoh qoldiring!