“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 30-iyun kuni o’zi tug’ilib o’sgan Rosario shahrida uylandi.
Uning qonuniy xotini Antonella Roccuzzo bilan “Barselona” hujumchisi uzoq muddatli munosabatda edi va ularda ikki o’g’il farzandlari bor.
Bayram munosabati bilan shaharda maxsus xavfsizlik choralari ko’rindi, tartib saqlab qolish uchun uch yuzdan ortiq militsiya xodimlari joriy etildi.
Toyga 250 dan ortiq mehmonlar tashrish buyurishdi, ularning orasida Kataloniya klubining Messining do’stlari Neymar, Luis Suares va Jerar Pike o’z yori qo’shiqchi Shakira bilan, hamda Karles Puyol, Serxio Aguero, Gonsalo Iguain kabi futbolchilar tashrif buyurishdi.
Lionel Messi to’y uchun sovg’alar o’rniga o’zining hayriya jamg’armasi uchun ehson qilish uchun taklif berdi. 30 yoshli futbolchi 2009-yilda bolalarga yordam berish uchun sog’liqni saqlash, o’quv va sport bilan ta’minlash jamg’armasini ochgan edi.