Toshkent shahrida UNG Petro tarmog‘idagi (“O‘zbekneftgaz”) yonilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-100 benzinini sotish boshlandi. Uning narxi 1 litri uchun 15,8 ming so‘mni tashkil etmoqda.
20-oktabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-100 benzini sotuvi boshlandi. Bu haqda AYOQSH tarmog‘i matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga oydinlik kiritishicha, ushbu benzin import qilinadi. Bir litrining narxi 15 800 so‘m. Taqqoslash uchun: Ai-92 narxi 10 200 so‘m bo‘lsa, Ai-80 narxi — 6050 so‘m.
Ai-100 hozircha faqat poytaxtdagi sakkizta yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilmoqda: Parkent bozori, Aloqa, Chinobod, General Uzoqov, Bodomzor, Qorasuv, Ahmad Donish, Cho‘pon-ota.
Киммат
95 kam oliwadi deyiwadi, 100 kim olarkan
Olishadi, qimmat mashinalarga yaxshi benzin quyish kerak
15 ming so’m????
Jinnorimi???
Juda yaxshi bo’lipti
Zo’r zo’r
Benzin yo’q!
80 yo’q ku! Bula 100 sotishyapti
Benzin yo’q hech qayerda!
Elektocar olila
80 yo’qku
Bor