Yaponiyada odamlar uchun mo‘ljallangan “kir mashinasi” yaratildi 

Yaponiyada odamlar uchun mo‘ljallangan “kir mashinasi” yaratildi 

2025-yil aprel oyida Osaka shahrids bo‘lib o‘tadigan butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir yuvish mashinasi — human washing machine uskunasi namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Sun’iy intellekt o‘rnatilgan bunday maxsus vanna birinchi marta 1970-yilda Yaponiya Jahon ko‘rgazmasida namoyish etilgan mashhur mashinaning modernizatsiya qilingan versiyasidir. Yangi qurilma dush tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Science Co. kompaniyasi tomonidan ixtiro qilingan.

Science Co direktori Yasuaki Aoyama so‘zlariga ko‘ra, “yuvintirish jarayoni” o‘rtacha 15 daqiqa davom etadi. Foydalanuvchi reaktiv samolyot kabinasini eslatadigan shaffof kapsulaga o‘tiradi. Maxsus tizim kapsulani iliq suv bilan to‘ldiradi, sensorlar qulay haroratni ta’minlash uchun yurak urish tezligi va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘lchaydi. Sun’iy intellekt esa foydalanuvchining holatini tahlil qiladi va mashinadagi odamning dam olishi uchun tinchlantiruvchi tasvirlarni ekranda namoyish qiladi.

UltrasonicBath deb nomlangan qurilmaning birinchi versiyasi 50 yil avval Sanyo Electric (hozirgi Panasonic) tomonidan taqdim etilgan. U tanani uqalash uchun ultratovush to‘lqinlari va mitti plastik to‘plardan foydalangan. Biroq loyiha tijoriy muvaffaqiyatga erishmagan.

1970-yilda bolaligida ko‘rgazmani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bundan ta’sirlangan Yasuaki Aoyama loyihani qayta yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan. Endilikda, vannalar va dush tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar tufayli kompaniya uning orzusini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Mirai Ningen Sentakuki (“Insonlar uchun kelajak kir yuvish mashinasi”) deb nomlangan uskuna Osaka sog‘liqni saqlash pavilyoniga o‘rnatiladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar uni sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Yaqin kelajakda mazkur mashinadan uy sharoitida foydalanish uchun ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma davomida tashrif buyuruvchilar kuniga 7-8 marta “kir mashinasi”dan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Jami mingta seans bo‘lishi belgilangan.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бир шунака янгилини курудим

  2. Тимур

    Хитойликли чиказишуди, кейин епилиб кетди

  3. Тимур

    Хеч ким омагандан кейин

  4. Manga bunaqasi turi kemidi, man vanna toldirib yotishni yoqtiraman laugh

  5. Dilshod

    Nima bu?? Nima san?? laugh

  6. Lekin odamla vawe erincho bopketishvotti

  7. Ozi har kuni chomilishkeremas diyishvotti endi, endi ozimiz chomiltirib qoyamiz laugh

  8. Тимур

    Якинда Валлидака факат утирадиган бупколамиз

  9. Тимур

    Хамма ишлани роботла килишади

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social