Yonbosh yurish uchun avtomobil g’ildiraklari yaratildi (+video)

Yonbosh yurish uchun avtomobil g’ildiraklari yaratildi (+video)

Kanadalik William Liddard ismli ixtirochi o’zi yaratgan “Liddiard Wheels” noyob g’ildiraklarni taqdim etdi. Ular avtomobilni nafaqat oddiy harakatlanishga olib keladi, balki yana yonboshga va hatto mashinani turgan joyida aylantirishi mumkin.

Ixtirochining aytishicha, shunday harakatlanish usuli parallel parkovka qilish va boshqa qiyin harakatlar uchun qulay bo’ladi. Bu turdagi g’ildiraklar oddiy g’ildiraklardan qolishmaydi va har qanday tabiat sharoitlarida yurishi mumkin.

Bundan tashqari, g’ildiraklar o’rnatilganda transport vositasiga o’zgarishlar kiritish kerak bo’lmaydi. Taqdim etilgan video lavhada Liddiard Wheels g’ildiraklari Toyota Echo avtomobiliga o’rnatilgan. Xozircha yonboshga harakatlanish tez amalga oshmaydi, ammo Liddard navbatdagi versiya bilan ishlar olib bormoqda ekan.

Manba: 24gadget.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social