Yevropa Ittifoqi davlatlarining chorak qismi allaqachon taqiqni joriy qilishgan. Balki O’zbekistonda ham taqiqlash vaqti keldi?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat agentligi YuNeSKO maktablarda smartfonlardan foydalanishni butunlay taqiqlash kerak, deb hisoblaydi. Bu bolalar darslardan kamroq chalg’ishi va yaxshiroq o’qishi uchun kerak, deb hisoblaydilar. Shuningdek, u bolalarni kiberbullingdan himoya qilishga yordam beradi.
YuNeSKO ma’lumotlariga ko’ra, mobil telefonlardan ko’p foydalanish va yomon o’quv natijalari bilan bog’liq dalillar mavjud. Tashkilotning ta’kidlashicha, raqamli texnologiyalarning ta’lim natijalari va iqtisodiy samaradorlikka ijobiy ta’siri ortiqcha baholanishi mumkin. “Hamma o’zgarishlar taraqqiyotni anglatmaydi. Biror narsa qilish mumkin bo’lganligi, buni qilish kerak degani emas”, deyiladi YuNeSKO raqamli kutubxonasi tomonidan chop etilgan 400 betlik katta hisobotda.
Tashkilotning fikricha, mamlakatlar ta’lim sohasida raqamli texnologiyalar zarar emas, foyda keltirishi uchun aniq qoidalar ishlab chiqishi kerak.
Maktablarda smartfonlarni taqiqlash g’oyasi haqida qanday fikrdasiz? O’zbekistonda shunga o’xshash amaliyotni joriy etishga arziydimi yoki to’liq taqiq qilish yaxshi emasmi? Kommentlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.
Yaxshi fikr, bolalar o’qishni o’rniga, o’yin o’ynab o’tirishadi
Хорошее будет думаю решение
Yomon fikr!
Telefonlik qaramni oilada tushuntirish kere birin4i urinda
Aslida bu juda katta muammo
Juda ajoyib ish boʻlibdi
Bunday fikrga quwilasmi? Maktablada telefon iwlatiw mumkinmas dib
Togri
To’g’ri fikr
Baribir oynashadi
Yaxshiyam maktabni tugatyapman
Turi qilishadi
Doniyorga bu kerakmidi?
Yo’q kerak emas