2018-yilgi Jahon chempionati haqida bilmagan faktlar

2018-yilgi Jahon chempionati haqida bilmagan faktlar

2018-yilgi Jahon chempionati futbolni sevadiganlar uchun ajoyib voqeadir. Ammo bu yilgi jahon chempionatini chindan ham noyob deb atash mumkin. Bular videolarni qayta ko’rish (VAR) va favorit deb xisoblagan jamoalarning chiqib ketishi tufayli emas.

Noyob geografiya

Rossiya Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo’lga kiritgach, Sharqiy Yevropadagi birinchi ushbu darajali musobaqa mezbonligini qo’lga kiritgan birinchi davlat bo’ldi.

Lekin bu hammasi emas. Jahon chempionati birinchi bor bir vaqtning o’zida dunyoning ikki qismida – Yevropa va Osiyoda o’tkazildi. Bu shuningdek, mezbon davlatning qulay joylashuvidir.

To’p

2018-yilgi jahon chempionatidagi to’pning shakli shar emas, balki buzilgan kubdir. Jahon chempionati 2010 uchun deyarli mukammal dumaloq to’p tayyorlangan edi, lekin uning aerodinamik xususiyatlari kutilgandek yaxshi chiqmadi va dasturchilar dizayndagi muhim o’zgarishlar qilishlariga to’g’ri keldi.

Zamonaviy texnologiyalar ham o’z ta’siriga ega, to’p NFC chipi bilan jihozlangan. Ushbu chip, kuzatuv tizimlari uchun ishlatilmaydi, balki faqat reklama uchun ishlatiladi. Agar siz chipni smartfon bilan o’qiyotgan bo’lsangiz, to’p haqida ma’lumotlarni sahifa orqali ochib, ishlab chiqaruvchi va futbol dunyosidagi qiziqarli ma’lumotlar haqida ko’proq bilib olishingiz mumkin.

Muhim mukofotlar

Jahon chempionatida g’alaba qozonish ajoyib natijadir va muvaffaqiyat yaxshiroq mukofotlanadi.

Bu yil FIFA 400 million dollar ajratdi, bu esa chempionatning barcha ishtirokchilari uchun ajoyib bonus bo’ladi. Ushbu mablag’ avvalgi mukofot jamg’armasidan 181 million dollarga ko’paydi. Va  birinchi o’rinni egallagan jamoa 38 million dollar oldi.

Hip Hop madhiya

Jahon chempionati madhiyasining yozilishida mashhur amerikalik aktyor Will Smith ham ishtirok etdi.

Ishtirokchilar

Chempionatda 32 jamoa ishtirok etadi. An’anaviy “futbol” mamlakatlari bilan bir qatorda, ushbu turnir Panama va Islandiya milliy terma jamoalari uchun debyut bo’ldi.

Bu chempionat boshida Panama terma jamoasi barcha o’yinchilar umumiy qiymati € 5,25 million edi, bu esa yolg’iz Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning qiymatidan 20 baravar kam.

Islandiya terma jamoasi o’yinchilari oddiy futbolchilar emas. Deyarli har birining ikkinchi kasbi bor. Shunday qilib, jamoaning tarkibida sobiq stomatolog, axlat yig’ishtiruvchi, advokat va turli kasblarning bir nechta vakillari bor.

Kubok

2018-yilda FIFA kubogi 18 karatli oltindan yasalgan. 1974-yildan keyin chempionlikni qo’lga kiritgan har bir jamoaning nomi kubok tagiga yoziladi. Buning uchun kubokni aylantirib ko’rish kerak.

Muxlislar

Muxlislar bu futbol bayramining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Islandiyalik Kristbjorn mahalliy sayyohlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda sobiq Sovet avtomobili “Niva” ni qo’lga kiritdi. U do’sti Gretar bilan birgalikda o’z jamoasi o’yinini ko’rish uchun 3,5 ming kilometr yo’l bosdi.

Dunyodagi eng olovli muxlislar orasida Meksikaliklar bor. Ular o’zlarining jamoasini qo’llab-quvvatlashda kichik zilzilaga sababchi bo’lishdi. Meksikaning Geologiya va atmosfera tadqiqotlari instituti tomonidan 17 iyun kuni kechqurun yer silkinishlari qayd etildi. Ochilish uchrashuvida mamlakat milliy jamoasi Germaniyani 1:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.

O’yin uchun chipta qolmadimi? Lekin afsonaviy argentinalik yarim himoyachisi Diego Maradona nafaqat VIP-joyda bepul o’yinlar kuzatar edi, balki taxminan chempionatining har bir kun uchun FIFA tomonidan € 11 ming olgan. Bundan tashqari, sobiq futbolchiga turar joy va transport uchun xaq to’lanar edi. Lekin, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Argentina – Nigeriya o’yin davomida Maradonaning noo’rin xatti-xarakatlar natijasida uni “orzudagi ish”dan mahrum qilishdi va to’lash to’xtatilgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social