Bugun, Angliya chempionatining 6-turidan o`rin olgan “Chelsi” hamda “Arsenal” klublari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi.
Unda 2:0 hisobi qayd etilib, Chelsining g`alabasi bilan yakunlandi.
O`yin kutilganidek, shiddatli hujumlar bilan boshlandi. Birinchi bo`limda darvozabonlar o`z dahlsizliklarni saqlab qola olishdi. Bo`lim oxirlarida Gabrielga Diego Kosta uchun qilgan xatti-harakati evaziga qizil kartochka ko`rsatildi. O`sha vaziyatda Kosta Kos`el`ni bilan to`qnashgan edi, aralashgani uchun Gabriel` jazolandi.
Ikkinchi bo`limda Zuma boshi bilan gol urib hisobni ochdi. Shundan keyin o`yin yanayam jonlandi. “Arsenal”da hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo`ldi. Lekin, “to`pchilar” buning uddasidan chiqa olishmadi. Aksincha, kamiga Kasorla ham maydondan chetlatildi.
O`yin so`nggida Eden Azar “Chelsi”ning ikkinchi golni urdi va amalda uchrashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa “Chelsi” yana bir muhim g`alabani qo`lga kiritdi.
Chelsi 2:0 Arsenal
Gollar: 1:0 – 53 Zuma, 2:0 – 90 Azar.
Tarkiblar:
Chelsi – Begovich, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, Zuma, Fabregas, Matich, Oskar (Ramires, 69), Pedro, Azar, Diego Kosta (Remi, 82).
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal`, Bel`erin, Kos`el`ni, O`zil (Jiru, 75), Remzi, Uolkott, Koklen (Chembers, 46), Sanches (Oksleyd-Chemberlen, 75), Kasorla.
Manba: www.uff.uz