Angliya Premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Manchester Siti» o‘z uyida «Chelsi»ni qabul qildi va kambek qilishga erishdi. Hisobni mehmonlar a’zosi Kante ochganiga qaramay, «shaharliklar» De Bryuyne va Marez tomonidan kiritilgan to‘plar evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa «Chelsi»ning 6ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga chek qo‘yildi.
Bu bahsdan so‘ng jamoalar turnir jadvalida o‘rin almashishdi. «Manchester Siti» ochkolarini 28taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Chelsi» esa esa 26 ochko bilan 4-o‘ringa tushdi.
APL, 13-tur
Manchester Siti – Chelsi 2:1
23 noyabr, «Etihad»
Gollar: De Bryuyne (29), Marez (37) – Kante (21).
Manchester Siti: Ederson, Kanselu, Mendi, Stounz, Fernandino, Rodri (Gyundogan, 52) David Silva (Foden, 67), Sterling, de Bryuyne, Marez, Aguero (Jyezus, 77).
Chelsi: Arrisabalaga, Zuma, Tomori, Emerson (Jyeyms, 59), Aspilikueta, Jorjino (Maunt, 74), Kovachich, Pulishich, Kante, Villian, Abraham (Batshuayi, 73).
Ogohlantirishlar: Jorjino (61), Gyundogan (90+1).