Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi “Bunyodkor” – “Beytszin Goan” o`yini bo`lib o`tdi. “Bunyodkor” Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida Xitoy jamoalari bilan ilk bor maydonga tushdi. E`tiborlisi, Mirjalol Qosimov xalqaro o`yinlarda anchadan beri ikki hujumchi taktikasida foydalanmayotgan edi.
Demak o`yin boshlandi. O`yin boshidan, aniqrog`i 4-daqiqada Lutfulla To`raev burchak to`pini amalga oshirdi, mehmonlar vaziyatni bartaraf etishdi. 7-daqiqada mehmonlarning xavfli hujumi: Guerron Nesterovni aldab o`tib, o`tkir burchakdan zarba berdi, to`p darvozaga parallel tarzda yo`nalish oldi va himoyachilar to`pni qaytarishdi. 17-daqiqada Darko Matichning zarbasi noaniq ketdi. 27-daqiqada Blajich to`pni darvozaga yo`lladi, to`pni darvozabon qaytardi. 29-daqiqada To`raev to`pni chap qanotga uzatdi, bu erda Hasanov tezkor harakat bilan oldinga o`tib to`pni jarima maydoniga uzatdi. To`pni darvozabon egallab oldi. 35-daqiqada Hasanov chap qanotdan to`g`ri darvozaga zarba berdi, to`pni darvozabon qaytardi. 39-daqiqada mehmonlarning xavfli hujumi! Tezkor tashkil etilgan hujumdan so`ng Nesterov “Bunyodkor”ni qutqardi! Dastlabki bo`limda hisob ochilmadi.
Negadir ikkinchi bo`limning dastlabki 15 daqiqasida ham futbolchilarda “jonlanish”ni sezmadik. Tomonlar ustunlikni qo`lga olishga, shu orqali hujumlar sonini ko`paytirishga harakat qilishgan bo`lsa-da, maydonda keskinlik ko`rinmadi. 58-daqiqada Jasur Hasanov to`pni jarima maydoniga uzatdi, to`pni Yang Zi to`pni qaytardi, Blajich boshi bilan darvozaga zarba berdi, noaniq. 66-daqiqada Zang Xizening 16 metrdan belgilangan jarima to`pini o`ta noaniq tarzda amalga oshirdi. 68-daqiqada tezkor tashkil qilingan hujumdan so`ng Joffre Guerron Nesterov darvozasini ishg`ol qilishi mumkin edi, hayriyatki zarba noaniq ketdi. 76-daqiqada Rashidov chap qanotdan havolatib to`pni jarima maydoniga uzatdi, Murzoevdan to`p o`tib ketdi, Pishurning zarbasini esa himoyachilar qaytarishdi. 82-daqiqada Jarima to`pidan so`ng To`raev to`pni jarima maydoniga oshirdi, himoyachilardan qaytgan to`pni Alibobo darvozaga yo`lladi, noaniq.
O`yinning asosiy vaqti yakunlanishi arafasida mehmonlar 20 metrlardan ketma-ket ikki marta jarima to`pi tepish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Birinchi zarba ustun yonidan o`tib ketdi. Ikkinchisi sun`iy devorga tegib maydondan chiqib ketdi. Hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarda “Bunyodkor” faollikni oshirishgan bo`lsa-da, hujumlar golga aylanmadi. Natijada “Bunyodkor” o`z maydonidagi ikkinchi uchrashuvda ham ochko yo`qotdi – 0:0.
Bu o`yindan keyin “Bunyodkor” o`z guruhida faqat to`plar nisbatiga ko`ra birinchi o`rinda turibdi. “Bunyodkor” dan tashqari ikki klub “Poxang Stiller” va “Beytszin Goan” bir xil ochkolar bilan, ya`ni 5 ochko bilan ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egallab turishibdi. “Bunyodkor” keyingi uchrashuvini mehmonda “Beytszin Goan” ga qarshi o`tkazadi. Bu o`yinda Mirjalol Qosimov shogirdlariga omad tilab qolamiz!
уйинни куриб уялдим очиги, уйин хар дойимгидей расво, устига устак хитойлик футболчилардан уятда колди, кукрагимизга уриб мактанган стадионимиззи ахволи ачинарли холатда, а бунака хашаматли стадион курибсан, чимниям яхшисини об кемисанми, футболчиларам уйнаган сари яна уйнагилар келиб турмийдими, шу ердаям узбекчилик килишибди
to’g’ri gap bo’ldi Gol nafaqat man, balki ko’pchili bu gapga qo’shilsa kerak, stadionga tushganimga afsusdaman