Kuchlilar bellashganda

2-3 aprel kunlari UEFA Chempionlar ligasining ¼ final bosqichi bo`lib o`tadi. Bu bosqichda Frantsiyaning “PSJ” klubi Ispaniyaning “Barselona” klubini o`z uyida qabul qilsa, Germaniyaning “Bavariya” klubi – Italiyaning “Yuventus”  klubini qabul qiladi. Yana shuningdek Ispaniyaning “Malaga” klubi – Germaniyaning “Borussiya” klubini qabul qilsa, “Real” – Turkiyaning “Galatasaroy” klubini o`z maydonida qabul qiladi.

Bu to`rt uchrashuv barchaning e`tiborini jalb qilmoqda. 2 aprel` kuni “PSJ” va “Barselona” o`rtasidagi uchrashuvda Barsa mehmonda o`ynasada, ushbu o`yinda “Barselona” g`alaba qozonishiga barcha ishonch bilan o`z fikrlarini bildirib, Barsaning imkoniyatini yuqori baholashmoqda.

Aynan shu kuni “Bavariya” hamda “Yuventus” o`rtasidagi uchrashuv juda qizziqarli bo`lishi kutilmoqda. Sababi mutaxasislar va futbol muxlislari bu ikkala jamoaning kuchlari teng deb baholashmoqda.

3 apreldagi “Malaga va Borussiya” o`rtasidagi o`yin ham teng kurashlar ostida o`tishi kutilmoqda. Ammo ko`pchilik ushbu o`yinga mezbonlik qilayotgan  “Malaga” klubining imkoniyati yuqori ekanini aytishmoqda.

Shu kuni esa “Real” o`z uyida “Galatasaroy” ni qabul qiladi. Bu o`yinda Real o`z uyida o`ynashini hisobga olib, Realning g`alaba qazonishiga shubxa qiladiganlar kam topilsa kerak. Ammo “Galatasaroy” klubining yorqin xujumchisi Did`e Drogba va yarim himoyachisi Uesli Snayderlar “Galatasaroy” o`yinini ancha kuchatirishi, hamda Real darvozasiga gol(lar) kiritish mumkinligi tahmin qilinmoqda.

Shunday ekan ushbu to`rt uchrashuv ham barcha futbol muxlis va muxlisalarining e`tiboridan chetda qolmasligi aniq.

Sizningcha ushbu klublarning qay birida g`alaba qozonish imkoniyati ko`proq deb o`ylaysiz?

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jahon

    Realning chempion bo’lishi aniq!!! Imkoniyat ham ko’p ko’proq.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social