Bugun Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining guruh bosqich 6-tur uchrashuvlariga start berildi. Shu bilan guruh bosqichlariga yakun yasaldi. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safarda Janubiy Koreyaning “Poxang Stilers” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Birinchi bo`limning dastlabki 10 daqiqada jamoalar asosan himoyani o`ylab harakat qilishdi. 15 daqiqada Lutfulla To`raev to`pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilardan qaytgan to`pni Anvar G`ofurov darvozaga yo`lladi. Ammo darvozabon to`pni qaytardi. O`yining 31 daqiqasida “Poxang Stilers” murabbiysi ilk o`zgarishni amalga oshirdi. 18 raqamdagi Ko Yul Mu o`rniga 22 No Jun Byung tushdi. 43 daqiqada No Jun Byungning 16 metrlardan yo`llagan zarbasi Bunyodkor darvoza to`siniga tegib maydonga qaytdi. Birinchi bo`limda hisob ochilmadi. 0:0
Ikkinchi bo`limni maydon egalari hujumkor tarzda boshlashdi. 50 daqiqada Dilshod Jo`raevning 25 metrlardan yo`llagan kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o`tib ketdi. Ikkinchi bo`limda ikkali klub murabbiylari maydondagi bir necha futbolchilarni almashtirib, o`zgarishlar kiritdi. O`yining 79 daqiqasida To`raev to`pni o`ng qanotga oshirdi, Alibobo oldinga o`tib jarima maydoni ichida Dilshod Jo`raevga oshirdi. Dilshod to`pni darvozaga yo`llay olmadi, ammo to`p bo`sh darvoza qarshisida turgan Pishurga keldi. Oleksandr to`pni osonlik bilan darvozaga yo`lladi – 0:1.
Ikkinchi bo`limning asosiy vaqti tugadi. Xakam o`yinga qo`shimcha yana 4 daqiqa qo`shib berdi. Bu vaziyatdan esa raqiblar foydalanib, o`yining 90+2 daqiqasida Park Xo Seong jarima maydoni ichida to`pni egallab oldi va Nesterovning uzoq burchagini aniq nishonga oldi – 1:1. O`yin oxirigacha xisob o`zgarmadi.
Guruhning ikkinchi juftligida esa “Sanfrechche Xirosima” o`z maydonida “Beyjing Guan” bilan durang qayd etdi. Ushbu durangdan so`ng “Bunyodkor” guruh peshqadamligini mustahkamlashga erishdi hamda keyingi bosqichga yo`l oldi.
Uraaaaa!!! Gap yo’q. Bunyodkor olg’a!!!!
хар дойимгиде ели ели бир амаллашди, лекин уларни голи чиройли чикди, халиям Нестерев бор экан дарвозада, бумаса бунёдкор аник ютказарди