O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi hisoblangan Novak Jokovichni mag‘lub etdi.
Denis Istomin Novak Jokovichni 7/6(10), 5/7, 2/6, 7/6(6), 6/4 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 4 soatu 48 daqiqa davom etgan.
Australian Open musobaqasining olti karra g‘olibi Novak Jokovich musobaqalarida dunyo reytingining kuchli 100 o‘rin olmagan o‘yinchisidan ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.
Qayd etish joizki O‘zbekiston vakili Denis Istomin dunyo reytingida 117-o‘rin egalab turibdi!
20-yanvar kuni chempionatning uchinchi doirasida Istomin ispaniyalik Pablo Karreno-Busta (31) bilan o‘ynaydi.
Balli Denis ota o’g’il