Xabaringiz bor 1/2 final bosqichiga Ispaniyaning “Barselona” va “Real”, Germaniyaning “Bavariya” va “Borussiya” jamoalari etib kelishdi.
style=”text-align: justify;”>Ayni vaqtda Shveytsariyaning N`on shahrida Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final bahslari uchun qur`a tashlash ma`rosimi nihoyasiga etdi. Unga ko`ra yarim finalda Ispaniya klublari Germaniya klublariga qarshi o`ynaydigan bo`lishdi va to`rtta jamoa o`zlarining raqiblarini bilib olishdi.
“Bavariya” – “Barselona”
“Borussiya” – “Real”
Dastlabki o`yinlar 23 va 24 aprel` kunlari bo`lib o`tadi. 23 aprel` kuni Germaniyaning “Bavariya” klubi o`z maydonida Ispaniyaning “Barselona” klubini qabul qilsa, 24 aprel` kuni esa “Borussiya” o`z maydonida “Real” ni qabul qiladi. Javob bahslari esa 30 aprlel` va 1 may kunlariga belgilangan.
Ko`rinib turibdiki, agar ispan grandlari bu bosqichdan o`ta olishsa, finalda ro`baro` kelishlari mumkin. Shu jumladan nemis jamoalari ham.
Final o`yini 25 may kuni Angliyadagi muhtasham “Uembli” stadionida bo`lib o`tadi.
Real va Barsa chiqadi finalga! va oxirgi real va barsa uyinlariga qaraganda Real bu yil chempion buladi!!!
бу купчилининг тахмини, кучлар хам бир бирига тенг, жуда ажойиб ва чиройли уйинлар булади
finalda real va barsani kurishni istayman