Evro finalida: Italiya – Angliya, Amerika Kubogi finalida esa: Braziliya – Argentina.

Evro finalida: Italiya – Angliya, Amerika Kubogi finalida esa: Braziliya – Argentina.

Italiya Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, dastlabki finalchiga aylandi

Angliya esa 120 daqiqa davom etgan bahsda Daniyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevro finaliga chiqdi

Yevropa chempionatining birinchi yarimfinalida Italiya va Ispaniya milliy jamoalari bahs yuritishdi.

Bellashuv ispanlarning ustunligi ostida o‘tganiga qaramay, 60-daqiqada Roberto Manchini jamoasi qarshi hujumdan unumli foydalandi va Federiko Kezaning chiroyli goli evaziga hisobni ochdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata hisobni tenglashtirdi.

Shunday qilib asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa omad italyanlarga kulib boqdi.

Italiya finalda Angliya — Daniya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Yevro-2020. 1/2 final
Italiya — Ispaniya 1:1

Penaltilar seriyasi — 4:2.
6 iyul, «Uembli»
Gollar: Keza (60) — Morata (80).
Italiya – Donnarumma, Kellini, Di Lorenso, Emerson (Toloi, 74), Bonuchchi, Verratti (Pessina, 74), Barella (Lokatelli, 85), Keza (Bernardeski, 107), Jorjino, Insine (Belotti, 85), Immobile (Berardi, 62).
Ispaniya – Simon, Alba, Aspilikueta (M.Lorente, 85), Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 109), Pedri, Buskets (Tiago Alkantara, 105), Ferran Torres (Morata, 62), Olmo, Oyarsabal (Moreno, 70), Koke (Rodri, 70).
Ogohlantirishlar: Buskets (51), Toloi (97), Bonuchchi (118).
Penaltilar seriyasi: Lokatelli (0:0, darvozabon), Olmo (0:0, noaniq), Belotti (1:0), Moreno (1:1), Bonuchchi (2:1), Alkantara (2:2), Bernardeski (3:2), Morata (3:2, darvozabon), Jorjino (4:2).

 

Yevropa chempionatida ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi.

Angliya o‘z maydonida Daniya ustidan irodali g‘alabaga erishib, o‘z tarixida ilk bor qit’a chempionati finaliga yo‘l oldi. Damsgor supergoli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Ker avtogoli bilan muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda kuchlar teng keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida Keyn g‘alaba to‘pini kiritdi. E’tiborlisi, inglizlar sardorining penaltidan bergan zarbasini Shmeyxel bartaraf etdi, ammo qaytgan to‘pni Harrining o‘zi darvozaga yo‘lladi.

Shunday qilib 11 iyul kuni «Uembli»da bo‘lib o‘tadigan finalda Angliya va Italiya chempionlik uchun maydonga tushishadi.

Yevro-2020. 1/2 final
Angliya — Daniya 2:1

7 iyul, «Uembli»
Gollar: Ker (39, avtogol), Keyn (104) — Damsgor (30).
Amalga oshirilmagan penalti: Keyn (104).
Angliya – Pikford, Stounz, Uoker, Shou, Maguayr, Saka (Grilish 69, Tripper 106), Rays (Henderson, 95), Maunt (Foden, 95), Fillips, Sterling, Keyn.
Daniya – Shmeyxel, Larsen (Vass, 67), Vestergor (Vind, 105), Ker, Mele, Hyoyberg, Dileyni (Yyensen, 88), Damsgor (Poulsen, 67), Kristensen (Andersen, 79), Breytueyt, Dolberg (Nergor, 67).
Ogohlantirishlar: Maguayr (49), Vass (72).

 

Amerika Kubogi. Finalda Messi Neymarga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi

Yakshanbaga o‘tar kechasi Amerika Kubogi finalida qit’aning eng kuchli ikki jamoasi – Braziliya va Argentina to‘qnashadi.

Amerika Kubogi. 1/2 final
Argentina — Kolumbiya — 1:1
(1:0). Penalti — 3:2
Gollar: L.X.Martines, 7 (1:0). Dias, 61 (1:1).
Penaltilar seriyasi: Kuadrado — 0:1. Messi — 1:1. Sanches — 1:1 (darvozabon). de Paul — 1:1 (xato). Mina — 1:1 (darvozabon). Paredes — 2:1. Borxa — 2:2. L.X.Martines — 3:2. Kardona — 3:2 (darvozabon).
Argentina: E.Martines, Otamendi, Talyafiko, Petssela, Molina (Montiel, 46), de Paul, Lo Selso (Paredes, 56), Rodriges, Messi, L.X.Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).
Kolumbiya: Ospina, Mina, Sanches, Tesilo (Fabra, 46), Munos, Kuadrado, Kuelyar (Kardona, 46), Barrios, Sapata (Borxa, 60), Borre (Chara, 46), Dias.
Ogohlantirishlar: Lo Selso, 21. Kuadrado, 45. Fabra, 55. Borxa, 63. Montiel, 72. Munos, 75. Kardona, 86. Rodriges, 87. Barrios, 88. Petssela, 90.
Hakam: Valensuela (Venesuela).
7 iyul. Brazilia. Milliy stadioni.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Angliya yutadi. Italiyaga wans yo

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social