5 ta gol, qizil kartochka. “Liverpul” mehmonda “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi, Muhammad Salohdan het-trik

5 ta gol, qizil kartochka. “Liverpul” mehmonda “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi, Muhammad Salohdan het-trik

Angliya Premyer Ligasining 9-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar 24-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Old Trafford”da “Manchester Yunayted” “Liverpul”ni mehmon qildi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Nabi Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, 13-daqiqada Diogu Jota mersisaydliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Tanaffusga qadar Muhammad Saloh dubl qayd etdib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Saloh uchrashuvdagi uchinchi golini urdi. Shu tariqa mersisaydliklar Manchesterda 0:5 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 60-daqiqasida mankunianliklar futbolchisi Pol Pogba to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Uchrashuvdan so‘ng “Liverpul” ochkolari sonini 21 taga yetkazib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. “Manchester Yunayted” esa 14 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.

APL

9-tur bahslari

24-oktabr, yakshanba

“Manchester Yunayted” – “Liverpul” 0:5

Gollar: 0:1 – 5 Keyta, 0:2 – 13 Diogu Jota, 0:3 – 38 Saloh, 0:4 – 45+5 Saloh, 0:5 – 50 Saloh.

“Manchester Yunayted: De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Fred, Brunu Fernandesh (Kavani, 62), Maktominay, Ronaldu, Reshford (Diogu Dalot, 62), Grinvud (Pogba, 46).

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Milner (Djons, 27), Henderson, Keyta (Oksleyd-Chemberlen, 64), Firmino (Mane, 77), Saloh, Diogu Jota.

Ogohlantirishlar: Shou (41), Ronaldu (45), Fred (45), Brunu Fernandesh (46), Maguayr (55), Uan-Bissaka (86).

Chetlatish: Pogba (60)

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Mo

    Egyptian King! MO Salah MO Salah!!!!

  2. YNWA

    MU succck! Liverpool!!!

  3. MYU fanat

    Ronaldu bekor keldi, butun 6yin buzildi MYuda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social