2022-yil Qatar mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turnirning ochilish uchrashuvi 21 noyabr kuni A guruhi vakillari Qatar va Ekvador o‘rtasida kechadi.
«O‘lim guruhi» sifatida E kvartetini ko‘rsatish mumkin. Ushbu guruhda 2010 va 2014 yilgi mundial chempionlari Ispaniya va Germaniya o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Shuningdek, muxlislar C guruhida Argentina va Polsha o‘yinida «Oltin to‘p» uchun kurashgan Messi – Levandovski to‘qnashuvi guvohiga aylanishlari mumkin.
JCh-2022. Qur’a tashlash marosimi yakunlari:
- A guruhi: Qatar (mezbon), Senegal, Ekvador, Niderlandiya
- B guruhi: Angliya, AQSh, Eron, Uels – Shotlandiya/Ukraina
- C guruhi: Argentina, Saudiya Arabistoni, Meksika, Polsha
- D guruhi: Fransiya, Daniya, Tunis, Peru – Avstraliya/BAA
- E guruhi: Ispaniya, Germaniya, Yaponiya, Kosta-Rika/Yangi Zelandiya
- F guruhi: Belgiya, Kanada, Xorvatiya, Marokash
- G guruhi: Braziliya, Serbiya, Shveytsariya, Kamerun
- H guruhi: Portugaliya, Gana, Uruguvay, Janubiy Koreya.
Ma’lumot uchun, JCh-2022 bahslari 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
qishdayam uynidimi? yozda bulardiyu uyinla
Braziliya yutadi!
zur zur
4unki yozda qatarda yurib bumidi, futbol uynaw 4etta tursin. wunga qiwda uynawadi, qiwda ulada 25-30 gradus buladi
tezro bowlansin!
italiya qani?
Brazilian yutadi
Ispaniya