JCh-2018: O`zbekiston Bahraynni mag`lub etdi

JCh-2018: O`zbekiston Bahraynni mag`lub etdi

O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 musobaqasi 2-saralash bosqichi so`nggi turida Bahraynga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o`yinda 1:0 hisobida terma jamoamiz g`alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Sardor Rashidov bo`ldi. U 50 daqiqada ajoyib tarzda himoyachilarni aldab, raqib darvozasini ishg`ol qildi. Shu tariqa, Samvel Babayan shogirdlari 3 ochkoga ega bo`ldi.

Mazkur muvaffaqiyatdan so`ng O`zbekiston termasi “H” guruhida ochkolar sonini 21 taga etkazib, yaqqol peshqadamga aylandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi ushbu o`yin natijasidan farqli o`laroq JCh–2018 musobaqasining 3-saralash bosqichiga yo`l olib ulgurgan edi.

O`zbekiston 1:0 Bahrayn 

Gol: Sardor Rashidov (50)

Tarkiblar:

O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov (Stanislav Andreev, 25), Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov (Javohir Sohibov, 69), Sardor Rashidov, Eldor Shomurodov (Jasur Hasanov, 60), Igor` Sergeev

Bahrayn: Abbos Ahmad, Sayid Muhammad Adnan, Abdulla Umar, Volid Al-Hayam, Husayin Ali-Baba, Sayid Dhiya Shubbar, Hesham Nayem, Abdulvahob Ali Al-Safi, Abdulvahob Al-Malud, Ismoil Abdullatif, , Komil Al-Asvad.

Manba: www.uff.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social