Jahonning kuchli futbolchisi, Madridning “Real” klubi hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga Portugaliya davlat mukofoti topshirildi.
Hujumchi “Infant don Enrike ordeni” (Dengizchi Genrix ordeni) faxriy unvoniga loyiq ko`rildi. Ushbu mukofot Lissabondagi prezident qarorgoxida topshirildi. Ushbu unvon Portugaliyada eng nufuzlili unvonlardan biri hisoblanadi.
“Portugaliyani butun jahonga tanishtirish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot menga yanada shijoat, kuch va yanada o`z ustimda ishlashim uchun g`ayrat ato etadi. Men o`z davlatim bilan Jahon chempionati hamda Evropa chempionitida g`alaba qozonishimizga umid bildirib qolaman”, – deydi mukofot egasi Krishtianu Ranaldu.
Eslatib o`tamiz, 2013 yil yakuniga ko`ra Madridning “Real” klubi hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi deb e`lon qilindi hamda “Oltin to`p” egasiga aylangan edi.
Foto: