Bugun Olmaliq shahrida O`zbekiston kubogining final bosqichi bo`lib o`tdi. Mazkur o`yinda Toshkentning ikki klubi Lokomotiv va Bunyodkor jamoalari maydonga tushdilar.
Jamoalar o`yinni ehtiyotkorlik bilan boshladilar, chunki final, hal qiluvchi o`yin o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Bir necha tashkil etilgan xavfli vaziyatlarga qaramasdan asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Hamda, hakam tomonidan qo`shib berilgan qo`shimcha vaqtning 106 daqiqasida hisob ochildi. Unga Lokomotiv a`zosi Jasur Hasanov mualliflik qildi. Shunday qilib, Lokomotiv Bunyodkorni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib O`zbekiston kubogini qo`lga kiritdi.
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, Lokomotiv klubi o`z tarihida ilk bor O`zbekiston kubogi sohibiga aylandi.
Bunyodkor 0:1 Lokomotiv
Gol: Jasur Hasanov (106)
Tarkiblar:
“Bunyodkor”: Akbar To`raev, Xayrulla Karimov, Akmal Shorahmedov (Akrom Komilov, 46), Anvar G`ofurov, Minori Sato, Ivan Miloshevich, Vohid Shodiev (Zabihillo O`rinboev, 73), Samir Bekrich, Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Oleg Zoteev (Dostonbek Hamdamov, 102).
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Bobur yo`ldoshev, Sadriddin Abdullaev (Jasur Hasanov, 59), SalimMustafoev, Fozil Musaev, Islom To`xtaxo`jaev, Shavkat Mullajonov (Ibrohim Raximov, 73), Aleksandr Geynrix, Dilshod Rahmatullaev, Alisher Shog`ulomov, Lutfulla To`raev.
sudyalarga gap yo! yaxshi ishlarini bajarganlar
O’zbekiston futboliga unchali qiziqmimanu, lekin paxtakor va bunyodkordan tashqari boshqa klublaram chempionat bogani yaxshi!