“Lokomotiv” – O`zbekiston kubogi sohibi

“Lokomotiv” – O`zbekiston kubogi sohibi

Bugun Olmaliq shahrida O`zbekiston kubogining final bosqichi bo`lib o`tdi. Mazkur o`yinda Toshkentning ikki klubi Lokomotiv va Bunyodkor jamoalari maydonga tushdilar.

Jamoalar o`yinni ehtiyotkorlik bilan boshladilar, chunki final, hal qiluvchi o`yin o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Bir necha tashkil etilgan xavfli vaziyatlarga qaramasdan asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Hamda, hakam tomonidan qo`shib berilgan qo`shimcha vaqtning 106 daqiqasida hisob ochildi. Unga Lokomotiv a`zosi Jasur Hasanov mualliflik qildi. Shunday qilib, Lokomotiv Bunyodkorni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib O`zbekiston kubogini qo`lga kiritdi.

Shuni ta`kidlab o`tish joizki, Lokomotiv klubi o`z tarihida ilk bor O`zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Bunyodkor 0:1 Lokomotiv

Gol: Jasur Hasanov (106)

Tarkiblar:

“Bunyodkor”: Akbar To`raev, Xayrulla Karimov, Akmal Shorahmedov (Akrom Komilov, 46), Anvar G`ofurov, Minori Sato, Ivan Miloshevich, Vohid Shodiev (Zabihillo O`rinboev, 73), Samir Bekrich, Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Oleg Zoteev (Dostonbek Hamdamov, 102).

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Bobur yo`ldoshev, Sadriddin Abdullaev (Jasur Hasanov, 59), SalimMustafoev, Fozil Musaev, Islom To`xtaxo`jaev, Shavkat Mullajonov (Ibrohim Raximov, 73), Aleksandr Geynrix, Dilshod Rahmatullaev, Alisher Shog`ulomov, Lutfulla To`raev.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    sudyalarga gap yo! yaxshi ishlarini bajarganlar

  2. Исмингиз

    O’zbekiston futboliga unchali qiziqmimanu, lekin paxtakor va bunyodkordan tashqari boshqa klublaram chempionat bogani yaxshi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social