Rossiyaning Sports.ru nashri futbol bo`yicha mamlakat prem`er-ligasida to`p suruvchi 90 nafar eng ko`p maosh oladigan o`yinchilar ro`yxatini e`lon qildi. E`tiborlisi ular orasida hamyurtimiz Odil Ahmedov ham bor.
Keltirilgan summada futbolchilarning yillik maoshi va bonuslari asos qilib olingan. Unga ko`ra Rossiya chempionatining eng ko`p maosh oladigan futbolchisi “Zenit”ning braziliyalik legioneri Xalk bo`lib, u yiliga 7 million evro miqdorida maosh oladi. Ikkinchi o`rinda 5,7 mln. bilan Kevin Kuran`i bormoqda. Birinchi uchtalikni Kokorin (“Dinamo”) yakunlab beradi. U yiliga 5 mln. Evro ishlab topadi. “Anji” va O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov esa 1,5 mln. evro maosh bilan ro`yxatning 65-pog`onasida qayd etdi.
1. Xalk («Zenit») – 7
2. Kevin Kuran`i («Dinamo») – 5,7
3. Aleksandr Kokorin («Dinamo») – 5
4-7. Igor` Denisov («Dinamo») – 4
9-10. Yann Mvila («Rubin») – 3,4
12-16. Anatoliy Timosсhuk («Zenit») – 3
20-24. Igor` Akinfeev (TsSKA) – 2,5
25. Yura Movsisyan («Spartak») – 2,4
26-27. Aleksandr Samedov («Lokomotiv») – 2,3
28-33. Lassina Traore («Anji») – 2,2
34-47. Andrey Arshavin («Zenit») – 2
48-50. Roman Pavlyuchenko («Lokomotiv») – 1,9
51-60. Aleksey Berezutskiy (TsSKA) – 1,8
65-81. Keysuke Xonda (TsSKA) – 1,5
65-81. Diniyar Bilyaletdinov («Spartak») – 1,5
65-81. Odil Axmedov («Anji») – 1,5
84-90. Alan Dzagoev (TsSKA) – 1,4
qiziq uzbekistonda uynaganda qancha olardi?
Uzbda bo’ganida manimcha kamro olardi
Bizi sharoitda bu summaga mazza qib “jit” qisa bo’ladi.