O`zbekiston yoshlar terma jamoasi avstriyalik futbolchilarni 2:0 hisobida mag`lub etib, Yangi Zellandiyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha JCh chorak finaliga yo`l olishdi.
O`yindan so`ng terma jamoa murabbiyi Ravshan Haydarov jamoa haqli ravishda g`alaba qozonishganini aytib o`tdi. Haqiqatdan ham yoshlarimiz maydonda avstriyalik tengqurlaridan ancha ustun harakat qilishdi. Buning isboti sifatida 47 va 57 daqiqalarda Dostonbek Hamdamov tomonidan kiritilgan ikkita golni keltirishimiz mumkin.
Endi yoshlarimiz chorak finalda senegal yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. O`yin 14 iyun` kuni Toshkent vaqti bilan 09:30 boshlanadi. Chorak finalda omad yoshlarimiz tomonidan bo`lishini tilab qolamiz!!!
O`zbekiston – Avstriya 2:0