Osiyo Chempioanlar ligasi 5-turida Saudiya Arabistoni klubi “Al-Ittifoq”, o`z uyida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qildi.
O`yinda hisob birinchi bo`limning 24-daqiqasida ochildi. Al Shehri to`pni egallab olib jarima maydoniga yaqinlashib bordi va chamasi 25 metrlardan kuchli zarba berdi. To`p Lobanov qo`riqlayotgan darvozaning to`siniga tegib darvoza to`riga borib tushdi – 1:0. Keyingi daqiqadayoq Davron Hoshimovning kuchli zarbasi darvoza to`siniga tegib maydonga qaytdi. 40-daqiqda Jamaan Al Jamaan chap oyog`ida 16 metrdan chiroyli tarzda darvozani ishg`ol qildi – 2:0.
“Paxtakor” futbolchilari ikkinchi bo`limni juda faol boshlab, raqib darvozasi oldida havfli vaziyatlar vujudga keltira boshlashdi. O`yining 52-daqiqada chap qanotdan to`p jarima maydoniga uzatildi. Iskanderov to`pni darvoza qarshisidan turgan Abduxoliqovni tashlab berdi. Temurxo`janing 4 metrdan yo`llagan zarbasi noaniq chiqdi. 59-daqiqada Sanat Shixovga nisbatan ishlatilgan qo`pollik uchun belgilangan jarima to`pini G`ulom O`runov amalga oshirdi. Uning zarbasi darovza ustuni yonidan o`tib ketdi. Ikkinchi bo`limning oxirigacha hisob o`zgarmadi.
Demak, “Paxtakor”ning g`alabasiz seriyasi davom etmoqda va navbatdagi omadsiz natijadan so`ng, Toshkent shahri vakillari 7 ochko bilan 3-o`ringa tushib qoldi.
Keyingi bosqichga yo`l olish uchun “Paxtakor” ga faqat g`alaba kerak bo`ladi.