Pekindagi “Qush uyasi” stadionida 4-fevral kuni XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston ushbu Olimpiadaga bir nafar ishtirokchi bilan qatnashadi. Komiljon To‘xtayev tog‘ chang‘isi bo‘yicha musobaqalarda qatnashadi va aynan u ochilish marosimida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ldi.
Quyida Pekin—2022 ochilish marosimidan suratlar taqdim etiladi.
Ochilish marosimi Pekindagi “Qush uyasi” nomli arenada bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yingoh 2008-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali marshda. Bayroqdor — Komiljon To‘xtayev.
XOQ rahbari Tomas Bax odatga ko‘ra marosimda so‘zga chiqdi.
Marosimning badiiy qismidan suratlar.
Olimpiya o‘yinlari mash’alasi noodatiyligi bilan ajralib turdi.
Tadbir mushakbozlik bilan yakuniga yetdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur marosimda qatnashdi.
Pekin–2022 qishki Olimpiya o‘yinlari 4—20-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar davomida 15 yo‘nalish bo‘yicha 109 ta medal shodalari o‘ynaladi. Shu tariqa Pekin ham yozgi, ham qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan ilk shaharga aylandi.
ke4a kurdim tugridan tugri, vawe 4iroyli buldi!
mazza qildim kurib
menga ham juda yoqdi
hali ham olimpiadini kuradiganlar bomi? qizig’i qomaganku