Eslatib o`tamiz, Sochi Olimpiadasida O`zbekistonlik uch nafar sportchilar ishtirok etmoqdalar. Bular tog` chang`isi bo`yicha Kseniya Grigor`eva va Artyom Voronov, hamda muz ustida figurali uchish bo`yicha Misha Gyo.
O`yinlarda birinchi bo`lib Artem Voronov chiqadi – musobaqa 13-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi. Shu kuni qisqa dasturda soat 20:00 Misha Gyo o`z chiqishini boshlaydi. 14-fevral kuni xuddi shu vaqtda, u erkin dasturda chiqishi ham kutilmoqda.
16-fevralda Artyom Voronov katta slalom bo`yicha musobaqada qatnashadi, 22-fevral kuni esa – oddiy slalomda. Kseniya Grigor`eva 21-fevral kuni slalomda ishtirok etadi va musobaqaning boshlanish vaqti 17:45.
Sochi 2014 Olimpiadsa rasmiy saytida bizning sportchilarimizni qo`llab quvvatlash imkoniyati mavjud. Hozirgi vaqtda O`zbekiston uchun 3 500 dan oshiq odamlar ovoz berganlar. Ushbu ruyxatda O`zbekiston uchinchi o`rinni egalab turibdi.
O`zbekistonni shu berilgan so`rov orqali qo`llab quvvatlash mumkin – http://www.sochi2014.com/podderzhi-stranu
Bizning yurtdoshlarimizni Olimpiadada qo`llab quvvatlaylik!
juda xam kutyapman bizning sportchilarimi chiqishlarini!!
olg’a uzbekiston!
bugun uzbekiston uz chikishlarni kursatadi! do’stlar kullab kuvvatlaylik xam yurtlarimizni!
Misha Ge yaxshi chikishni kursatdi
barakala uzbelar, bosh kelmanlar!