Ispaniya Superkubogi finali doirasida «Real» «Barselona»ga qarshi maydonga tushdi.
Ar-Riyodda o‘tgan El-Klasikoda Madrid klubi 10-daqiqadayoq Vinisiusning dubli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi. Levandovski chiroyli goli bilan farqni qisqartirganidan 6 daqiqa o‘tib, Vinisius het-trigini rasmiylashtirdi – 3:1.
Ikkinchi bo‘limda esa Rodrigo 64-daqiqadagi goli evaziga finalning yirik hisobda yakunlashini ta’minladi – 4:1. Shu tariqa, «Real» Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi.

Ispaniya Superkubogi. Final
Real Madrid – Barselona 4:1
Gollar: 1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 10 Vinisius Junior, 2:1 – 33 Levandovski, 3:1 – 39, penalti Vinisius Junior, 4:1 – 64 Rodrigo.
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 81), Valverde, Tchuameni, Bellinghem, Vinisius Junior (Kamavinga, 82), Rodrigo (Braim Dias, 77).
Barselona – Penya, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serdji Roberto (Lopes, 61), Gyundogan, de Yong, Pedri (Yamal, 61), Ferran Torres (Joau Feliks, 61), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Arauxo (37), Serdji Roberto (40), Bellinghem (43), Ryudiger (62).
Hala Madrid!!!
Барсани ваще ёш бола киб ташашди
Vini 7
Vamos!
Omadila keb qobti bir marta
Kim bular o’zi komment yozyotgan?
Yaxshi savol
Manim4a qanaqadir botla
Бу сайтда ботла катдан пайдо булди?
Hala Madrid
Hala Hala Hala Madrid!