Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning «Sevilya» va Italiyaning «Roma» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Birinchi bo‘limda Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Manchini o‘z darvozasini ishg‘ol etishi natijasida muvozanat tiklandi. Qolgan daqiqalar va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmay qoldi, penaltilar seriyasida esa omad «Sevilya»ga kulib boqdi. Rimliklardan Manchinining zarbasini Bunu qaytardi, Ibanes darvoza ustunini nishonga oldi.
Shu tariqa «Sevilya» o‘z tarixida 7-bor Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi va g‘alaba orqali Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi. Andalusiya klubi bu turnirda birorta finalda yutqazmagan. Rimliklar ustozi Joze Mourino esa yevrokuboklar finalida (Superkubokni qo‘shmaganda) ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.
Yevropa Ligasi. Final
Sevilya — Roma 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:1.
31 may, «Pushkash Arena»
Gollar: Manchini (55, avtogol) — Dibala (35).
Sevilya – Bunu, Navas (Montel, 95), Bade, Gudel (Markao, 120+8), Telles (Rekik, 95), Rakitich, Fernando (Xordan, 120+8), Okampos, Oliver Torres (Suso, 46), Xil (Lamela, 46), An-Nosiri.
Roma – Patrisiu, Chelik (Zalevski, 91), Smolling, Manchini, Rojyer, Spinatssola (Lorente, 106), Matich (Bove, 120), Kristante, Pellegrini (El-Shaaravi, 106), Dibala (Veynaldum, 68), Abraham (Belotti, 75).
Ogohlantirishlar: Matich (22), , Pellegrini (45), Manchini (48), Kristante (65), Rakitich (65), Chelik (74), Zalevski (105), Lamela (109), Xordan (120), Montel (120+4), Okampos (120+10).
Баракалла! Зур уйин булди!
Tabrikliman
Bechora Mour
Assalom alaykum juda ajoyib oyin bolibdi tabriklayman Ularga omad
Sevilla Ligasi disa bo’ladi endi
Тугри этас Сардор
Vamoooos!
Mour hafa
Yaxwi uyin buldi