Yarim finalning 4 ishtirokchisi aniq: Ikki jamoa Germaniyadan, ikkisi Fransiyadan

Yarim finalning 4 ishtirokchisi aniq: Ikki jamoa Germaniyadan, ikkisi Fransiyadan

Chempionlar ligasining pley-off bosqichi bu mavsum «Sakkiz jamoa finali» formatida Lissabondagi ikki stadionda o‘tkazildi. Navbatda – yarim final o‘yinlari.

Chorak final bahslari faqat bir uchrashuvdan iborat bo‘ldi va bu bosqich kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi.

Dastlab «PSJ» debyutant «Atalanta»ga qarshi o‘yinning 90 daqiqasi davomida hisobda ortda borib, qo‘shimcha daqiqalardagi kambek evaziga g‘alaba qozondi (2:1).

Keyin turnir favoritlaridan biri sifatida qaralgan «Atletiko» bu bosqichda ilk marta o‘ynagan «Leypsig»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.

Uchinchi juftlikda esa «Barselona» «Bavariya»dan 8ta gol qabul qilib oldi – 2:8.

Bu bosqichning so‘nggi uchrashuvida ham kutilmagan natija qayd etildi – avvalgi bosqichda «Yuventus»ni qoldirib ketgan «Lion» jamoasi turnirning yana bir favoriti «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi (3:1). Xosep Gvardiola boshqaruvidagi «shaharliklar» qatorasiga to‘rtinchi mavsum yarim final ostonasida to‘xtashga majbur bo‘ldi.

«Atalanta» (Italiya) — «PSJ» (Fransiya) — 1:2 (1:0)
Gollar: Pashalich, 27 (1:0). Shupo-Moting, 90 (1:1). Markinyus, 90 (1:2).
«Atalanta» (Bergamo): Sportello, Xatebur, Toloy, Kaldara, Jimsiti (Palomino, 60), Gozens (Kastan, 82), de Ron, Pashalich (Muriel, 70), Froyler, Gomes (Malinovskiy, 59), Sapata (Da Riva, 82).
«PSJ» (Parij): Navas (Riko, 79), Tiagu Silva, Bernat, Markinyus, Kimpembe, Kerer, Errera (Paredes, 72), Gey (Draksler, 73), Sarabiya (Mbappe, 60), Neymar, Ikardi (Shupo-Moting, 80).
Ogohlantirishlar: Jimsiti, 37. Froyler, 45+1. de Ron, 50. Sapata, 53. Bernat, 54. Errera, 57. Toloy, 67. Paredes, 75. Palomino, 85.
Hakam: Teylor (Angliya).
12 avgust. Lissabon. «Da Lush» stadioni.

«RB Leypsig» (Germaniya) — «Atletiko» (Ispaniya) — 2:1 (0:0)
Gollar: Olmo, 50 (1:0). Joau Feliks, 71 — s penalti (1:1). Adams, 88 (2:1).
«RB Leypsig»: Gulachi, Halstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelino, Kampl, Zabitser (Mukele, 90+2), Laymer, Nkunku (Aydara, 83), Olmo (Shik, 83), Poulsen (Adams, 72).
«Atletiko» (Madrid): Oblak, Savich, Tripper, Ximenes, Lodi, Koke (Felipe, 90+2), Saul, Errera (Joau Feliks, 58), Lorente, Diyegu Kosta (Morata, 72), Ferreyra-Karrasko.
Ogohlantirishlar: Lodi, 62. Klostermann, 70. Kampl, 82. Aydara, 87. Ximenes, 90+6.
Hakam: Marchinyak (Polsha).
13 avgust. Lissabon. «Joze Alvalade» stadioni.

«Barselona» (Ispaniya) — «Bavariya» (Germaniya) — 2:8 (1:4)
Gollar: Myuller, 4 (0:1). Alaba, 7 — v svoi vorota (1:1). Perishich, 21 (1:2). Gnabri, 28 (1:3). Myuller, 31 (1:4). Suares, 57 (2:4). Kimmix, 63 (2:5). Levandovski, 82 (2:6). Koutinyu, 85 (2:7). Koutinyu, 89 (2:8).
«Barselona»: ter Shtegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Serji Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Messi, Suares.
«Bavariya» (Myunxen): Noyyer, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Alaba, Deyvis (Ernandez, 84), Gnabri (Koutinyu, 75), Tiagu Alkantara, Goretska (Tolisso, 84), Myuller, Perishich (Koman, 67), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Boateng, 42. Deyvis, 51. Suares, 54. Jordi Alba, 60. Kimmix, 85. Vidal, 90+2.
14 avgust. Lissabon. «Da Lush» stadioni.

«Manchester Siti» (Angliya) — «Lion» (Fransiya) — 1:3 (0:1)
Gollar: Korne, 24 (0:1). De Breyne, 69 (1:1). Dembele, 79 (1:2). Dembele, 87 (1:3).
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Lyaport, Joau Kanselu, Garsiya, Fernandinyu (Maxrez, 56), Gyundogan, De Breyne, Ernandes (Silva, 84), Sterling, Gabriel Jyezus.
«Lion»: Antoni Lopesh, Marselu, Denayyer, Dyubua (Tete, 74), Marsal, Auar, Kakere, Gimarayns (Tiagu Mendes, 70), Depay (Dembele, 75), Korne, Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 87).
Ogohlantirishlar: Dyubua, 12. Fernandinyu, 29. Ernandes, 58. Marselu, 64.
Hakam: Makkeli (Gollandiya).
15 avgust. Lissabon. «Joze Alvalade» stadioni.

Endi turnirda yana ikki uchrashuv qoldi.

18 avgust kuni «PSJ» «Leypsig» bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. 19 avgust kuni esa «Bavariya» va «Lion» o‘rtasida Lissabonda bir uchrashuvdan iborat yarim final o‘tkaziladi.

Final 23 avgust kuniga belgilangan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hello

    Salom, bunaqasini hech kim kutmagan endi, lekin Bavariya juda kuchli, ular yutishsa kere

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social